Page 6 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 6
I-BOB. KOMPYUTER KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARI
*************************************************************
1.1. “TARMOQ TEXNOLOGIYALARI” FANI HAQIDA
TUSHUNCHA
Reja:
1. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha.
2. Kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa uchun kompyuterlardan foydalanish.
3. Kompyuter tarmoqlari va uning asosiy tushunchalari
4. Kompyuter tarmoqlari tarixi
5. Kompyuter tarmoqlari klassifikatsiyasi
6. Kompyuter tarmog'i tarkibiy qismlari
Tayanch iboralar:
Kommunikatsiya. Bit-sekund (bod). Aloqa kanali. Aloqa tarmog'i.
Telekommunikatsiya. Manba. qabul qiluvchi,Web brouzer, web peyjer, stansiya,
abonent tizimi,LAN, MAN,CAN,GAN, mijoz-server
1. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha
«Ta’lim to`g`risida»gi qonun, hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning
qabul qilinishi O`zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini keng miqyosda isloh
qilishning boshlanishi bo`ldi. Ta’lim tizimini dunyo standartlari darajasiga
yetkazish ushbu islohotning muhim vazifalaridan biridir. Jahonda zamonaviy
ta’limning xarakterli tomoni shundaki ta’limni axborotlashtirish va axboriy
jamiyatning ehtiyojini hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Bu
O`zbekiston Respublikasi ta’limida ham ro`y bermoqda, axborotlashtirish
sohasidagi davlat siyosati «axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot
tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jaxon
tamoyillarini xisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan»1.
1 O`zbekiston Respublikasi «Axborotlashtirish haqida» Konun // Xalq so`zi. 11.12 2003 y.
5