Page 11 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 11

internetda juda ko’plab tarmoq tizimlari mavjud. Masalan:

                        CSNET -bu tarmoq internetda kompyuter fanlar tarmog’i deb yuritiladi.

                        Bitnet  (1981)-bu  tarmoq  internetda  bugungi  kun  tarmogi  deb  yuritiladi,  bu

                  tarmoqning  qulaylik  tarafi  shundan  iboratki,  bu  tarmoq  Nyu-York  va  Yel

                  universitetlari  tomonidan  ishlab  chiqilgan  Yevropa,  AQSh  qit’asi,  Meksika  va

                  boshqa  mamlakatlarni  birlashtiruvchi  kompyuter  tarmogi  bo’lib,  u  alohida

                  ajratilgan kanallar orqali Aloqa boglaydi. Bu tarmoq OSI - ochik xalqaro boglanish

                  tizimi va TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning bir xususiyati shundaki

                  uzatilgan axborotlar uchun xaq tulanmaydi.

                        CSNET- (1981) bu tizim kompyuter va fan tarmogi deb yuritiladi, tizim ish

                  faoliyatini faqat a’zolik badallari va xizmat uchun to’lovlar hisobidan ishlaydi. U

                  butun  dunyo olimlarini birlashtiruvchi tarmoq bo’lib, internet tarkibiga kiradi va

                  TCP/IP qaydnomasida ishlaydi.

                        EARN - Yevropa kompyuter tarmogiga birlashtirilgan bo’lib, juda ko’p ilmiy

                  tadkikot  muassasalarini  birlashtiradi.  Uning  qaydnomasi  RSES  bo’lib,  ajratilgan

                  kanallar  orqali  ma’lumot  almashinadi,  o’z-  o’zini  xo’jalik  3  hisobotda  qoplash

                  asosida ishlaydi.

                        EUNET – Europe Union Network (Yevropa kompyuter tarmogi uyushmasi).

                  Uning  markaziy  qismi  Amsterdamda  joylashgan.  U  asosan  UNIX  amaliyot

                  tizimida va UUCP va TCP/IP da ishlaydi.

                        FIDONET  (1984)  –  shaxsiy  kompyuterlar  bilan  MS  va  PS  DOS

                  boshqaruvida ishlaydigan tarmoq. Fayllarni telefon simlari orqali uzatadi va UNIX

                  amaliyot  tizimida  ishlaydigan  kompyuterlar  bilan  boglanishi  mumkin.  Fayllarni,

                  bildirishni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan uzatilishi mumkin.

                        INTERNET – International Network ( xalqaro kompyuter tarmogi) – butun

                  dunyo  kompyuter  tarmog’i.  U  ko’p  KTlarni  birlashtiradi  va  TCP/IP

                  qaydnomalarida  ishlaydi  va  kompyuter  tarmoqlarini  tarmoqlararo  interfeys  –

                  GATEWAY (shlyuz) orqali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, ukuv

                  yurtlari,  xususiy  korxonalar  va  shaxslarning  yangi  kompyuter  texnologiyalari

                  yaratish,  joriy  qilish  va  ularning  shu  soxadagi  xarakatlarini  birlashtirish  uchun

                  xizmat qiladi. Xozirda u butun dunyo qit’alarini uziga birlashtiradi. Internet


                                                                10
   6   7   8   9   10   11   12   13   14   15   16