Page 14 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 14
kompyuterlarni birlashtirish imkoniyatini beradi.
CAN (CAMPUS-AREA NETWORK) - Kampus tarmoq, o’zaro yaqin
binolarda joylashgan lokal tarmoqlarni birlashtirish uchun mo’ljallangan.
MAN (METROPOLITAN AREA NETWORK). Shahar kabi kattalikdagi
geografik mintaqani qamrab olgan aloqa tarmog’i. MANlardan foydalanishdan
maqsad uzoq masofalada telefon simlarini tarqatishni oldini olishdan iborat. Uyali
telefon tizimlari asosan MANlardan iborat.
WAN (WIDE AREA NETWORK). Davlat kabi yirik geografik hududni o’z
ichiga oladi. Ularga Tymnet, TeleNet, UniNet, AccuNetlarni misol keltirish
mumkin. Internet tarmo\i minglab WANlarni birlashtiradi. Albatta, ko’pgina
telefon tizimlari ham WANlardan iborat.
GAN (Global-Area Network) -Barcha davlatlar va kontinentlarni
birlashtiruvchi hamda yer sharining ixtiyoriy nuqtasidagi axborot resurslariga
murojaat qilish imkoniyatini beruvchi umumplanetar tarmoq.
Ishlab chiqarih, tashkilot miqyosi (масштаби) bo’yicha tarmoqlar
quyidacha farqlanadi:
Bo’limlar tamog’i (сети отделов);
Kampuslar tarmog’i (сети кампусов);
Tashkilot, kompaniya tarmoqlari (корпоративные сети).
Bosqarish usullari bo’yicha tarmoqlar quyidagicha bo’lishi mumkin:
“Mijoz – server” tarmoqlari (Клиент–сервер);
– Mijoz– bu tarmoqqa so’rovlar beruvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ektdir.
Yoki boshqacha aytganda Mijoz- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, faqat tarmoq
resurslaridan foydalanadi, ya`ni tarmoq unga xizmat qiladi.
– Server–bu tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi (kompyuter yoki dastur) ob`ekt.
Yoki boshqacha aytganda Server- bu tarmoqni abonenti bo‘lib, boshqa
abonentlarga o‘zining resurslarini taqdim etadi, o‘zi esa boshqa abonentlarni
resurslaridan foydalanmaydi, ya’ni faqat tarmoqga xizmat qiladi.
“Peer–to Peer” (teng huqukli) tarmoqlar (одноранговые сети) bir rangli
tarmoqlar, yani tarmoqdagi barcha kompyuterlar bir xil kirish va resurslar
huquqiga ega.
13