Page 19 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 19
Kommunikatsiya Komissiyasi) orqali maxsus maqsadlar uchun ajratilgan. Bu turli
qurilma standartlarini boshqarish uchun fizik muhit turlariga quyidagilar kiradi:
- Buralma juft;
- Koaksial kabel;
- Optik tolali kabel;
- Simsiz aloqa: Mikroto’lqin va yuldosh tizimlari.
Buralma juft (Twisted Pair – “Vitaya para”).
Buralma juft (Twisted Pair – “Vitaya para”)
Uyingizdagi telefonga ulangan sim buralgan juftdir. U bitta kabel ichidagi
izolyatsiyalangan va bir-biriga buralgan ikkita mis simdan iborat. Ba’zan tashki
shovkindan himoya qilish uchun ular ekran bilan qoplanadi, chunki bu turdagi
kabel shovqinga bardoshsizdir. Xozir xam dunyoda bu turdagi simlar eng ko’p
ishlatilmoqda. Bu xolat ancha saklanishiga shubha yo’q. Uning chastota kulami
kichik, shuning uchun nafakat shovkinga bardoshsiz, balki ma’lumot uzatish
tezligi xam past. U xali xam ba’zan lokal tarmoqlarda ishlatiladi.
Koaksial kabel.
Markazida izolyatsiya qilingan qalin mis sim va bu sim atrofidagi ko’p tolali
simdan iborat kabel televizor va antennani ulashda ishlatiladigan kabel koaksial
kabelga misol bo’la oladi. Uzoq masofalarda lokal tarmoq yaratishda koaksial
kabeldan foydalanish qulay. U shovqinlarga xam qarshi yaxshi himoyalangan
bo’lib, ma’lumot uzatish tezligi buralma juftga nisbatan ancha yuqori (Buralma
juftda 16-100 Mbit/sek, ammo koaksial kabelda 200 Mbit/sek). Ko’pgina bir necha
18