Page 21 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 21
Mikroto’lqinlarni uzatish va qabul qilishda yerdagi balandlikdagi
stantsiyalarni yaratish ma’lum qiyinchiliklarga olib keladi. Bu qiyinchiliklarni
bartaraf etish uchun “uchar stantsiyalar” - ya’ni yuldoshlar yaratilgan. Fazodagi
yuldosh va yerdagi antenna urtasida tusik bulmaydi va antenna balandlikda
joylashishi xam shart emas. Odatda bu yuldoshlar 22300 milya (36800 km)
balandlikda Yer atrofida o’z orbitalarida aylanishlari kerak. Ba’zi yangi tizimlarda
ular pastrokda “joylashgan”. Ularning aylanish tezligi yerning o’z o’qi atrofida
aylanish tezligi bilan bir xilligi sababli ular yerga nisbatan “xarakatsiz”. Ular
kuyosh batareyalariga ega. Ular ma’lumotni bir antennadan qabul qilib boshqasiga
uzatishga, shuningdek, xam Raqamli, xam analogli signallarni uzatishga qodir.
BlueTooth –kabelsiz tarmoq.
BlueTooth - kabelsiz tarmoq standartidir. Ishlash radiusi 10- 100 metr
oralig’i bo’lib, 2.5 GGts chastotada ishlaydi. O’tkazish tezligi 1Mbit/sek. Albatta
qurilmalar ham bu standart uchun mo’ljallangan bo’lishi shart. Shuningdek, qo’l
(mobilniy) telefoni bilan aloqa bog’lash mumkin. Agar telefon operatori Internetga
bog’lash imkonini bersa, u holda kompyuterdan va qo’l telefonidan foydalangan
holda simsiz Internetga bog’lanish mumkin (noutbuklar uchun juda qulay).
BlueTooth
Elektromagnit to’lqin shakllari – elektr toki, radioto’lqinlar yoki yorug’lik,
ma’lumot yoki kodni tasvirlash uchun ishlatiladi va biror fizik muhit, masalan,
sim, kabel yoki atmosfera orqali bu ma’lumot uzatiladi. Uzatilayotgan ma’lumot
tovush, ovoz, matn, videotasvir yoki bularning kombinatsiyasi (multimediya) dan
iborat bulishi mumkin.
Esingizda bo’lsa ma’lumot ikki turdagi signallar yordamida uzatilishi
mumkin: analogli va raqamli. Analogli signallar uzluksiz uzatilishi. Raqamli esa
diskret shaklda.
Analogli signallar (uzluksiz to’lqinlar). Kommunikatsiyaning eskirgan
20