Page 22 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 22
vositalari: telefon, radio va televideniyelar analogli signallar bilan ishlashga
muljallangan. Analog signal tashuvchi to’lqin deb ataluvchi uzluksiz elektrik
signallardan tashkil topgan to’lqindan iborat. Analogli tashuvchi to’lqinlarning ikki
asosiy kursatkichi chastota va amplituda dan iborat:
Chastota – to’lqin tebranishlarining vaqt birligida (sekund) necha marta to’liq
takrorlanishini bildiruvchi son.
Amplituda – berilgan vaqt oraligidagi to’lqinning maksimal balandligi. Ovoz
(signal) ning baland-pastligi amplitudaga bog’liq bo’ladi.
Raqamli (diskret) signallar. Raqamli signallar ikki xil diskret almashinuvchi
(bor-yo’q) signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq sistemasidagi
ma’lumotni tasvirlash mumkin. Bunda elektrik impulsning borligi – 1, yo’qligi – 0
bilan belgilanadi. Bunaqa ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880 yillarning
o’rtalaridayoq Semyuel Morze tomonidan joriy qilingan edi. Unda ma’lumot nuqta
(.) va tire (-) lar ketma-ketligi shaklida tasvirlangan. Morze alifbosida, masalan, V
xarfi “...-” kabi belgilangan. Telegraf simlari orqali bu xarfni uzatish uchun pauza
bilan ajratilgan uchta qisqa va bitta chuzik signal ishlatilishi mumkin. Ammo
bunday uzatish tezligi nihoyatda past.
2. Tarmoq qurilmalari.
LHT yakka bo’lishi yoki o’xshash yoki boshqa texnologiyadagi tarmoqlarga
ham ulanishi mumkin. Ba’zi qurilma va programmalar bunday bog’lanishlarni
ta’minlovchi interfeys vazifasini o’tashi mumkin.
Ko’prik(bridge). O’xshash tipdagi tarmoqlarni ulashga mo’ljallangan
interfeysdir. U OSI protokollarining 1-2 tipi bilan ishlay oladi. Ko’prik bir
tarmoqni fizik jihatdan boshqa tarmoq bilan kengaytiradi, tarmoqlararo paketlar
kommutatsiyasi ro’y berishini ta’minlaydi. U hatto traffik band bo’lganda
ma’lumotni vaqtinchalik saqlash va keyinchalik trafik bo’shaganda jo’natishga
mo’ljallangan saqlash buferlariga ham ega.
Marshutizator(router). Bu qurilma turli texnologiyaga ega LHTlarni
bog’lash yoki LHTni WAN/MANlarga ulash uchun mo’ljallangan qurilmadir. U
OSI standartidagi 1-3 protokollar bilan ishlay oladi. Uning programma ta’minoti
butun tarmoqni birdan ko’rishga imkon beradi.
21