Page 27 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 27
MODEM (Modulyator—Demodulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish
uchun qabul qilingan signallarni to`g`ri (modulyator) va teskari (demodulyator)
o`zgartirish qurilmasidir.
Eng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan:
- uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog
signallarga) o`zgartirish;
- qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash
uchun, ya’ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o`zgartirish.
Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o`zgartirish odatda ularning
modulyatsiyasi bilan boo`langan.
Modulyatsiya — bu signalning biror parametrini
aloqa kanalida modulyatsiya qilinadigan signalni)
uzatilayotgan ma’lumotlarning joriy qiymatlariga mos
ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni)
o`zgartirishdir.
Demodulyatsiya — bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan
o`tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qiladigan signalga
teskari o`zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko`pincha modulyatsiyaning uchta turi ishlatiladi:
- chastotali — FSK (Frequense SHift Keying);
- fazali — PSK (Rpake SHift Keying);
- kvadraturali amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude Modulation).
Chastotali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan signalning
(uzatilayotgan ma’lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning
(odatda sinusoidali) chastotasi o`zgaradi, bunda uning amplitudasi o`zgarmaydi.
Eng sodda holda ma’lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma’lumotlarni
uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning
ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gs va 1180 Gs. Chastotali modulyatsiya
holaqitlarga juda turg`undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.
Fazali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan kattalik bo`lib signal fazasi
hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o`zgarmaydi; faza—
26