Page 28 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 28
modulyatsiya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
Signalning sof amplitudali modulyatsiyasida uning halaqitlardan
himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin
yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyatsiya qo`llaniladi, bunda
uzatilayotgan ma’lumotlar taktida bir vaqtning o`zida signalning ham fazasi, ham
amplitudasi o`zgaradi.
Modemlarning turlari. Ko`pgina modemlar ma’lumotlarni uzatish
jarayonini ta’minlashdan tashqari, telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa
foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:
— tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operatsiyalari;
— faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;
— chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);
— avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifalari va b.
Shuning uchun zamonaviy modem
modulyatsiya va demodulyatsiya qurilmalaridan
tashqari (ba’zida esa ular bilan birga) modem ishini
boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprosessor,
tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash
rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining
tavsiflari to`g`risidagi tovushli va yorug`likli
xabarlash yelementlariga egadir. Doimiy xotira
ta’minot (tok manbai) uzilganda modem konfigurasiyasini saqlash uchun
ishlatiladi va ko`pincha qayta dasturlanishi mumkin.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:
— konstruksiyasi bilan — avtonom va apparatura ichiga qurilgan;
— aloqa kanalli interfeys bilan — kontakgli va kontaktsiz (audio);
— vazifasi bilan — turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat
ma’lumotlarni uzatish tizimi uchun — modemlar, ma’lumotlarni va fakslarni
uzatish tizimi uchun — faks—modemlar (haqiqatan ham, butunda ko`plab
firmalar faks—modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo`lmagan «toza»
modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);
27