Page 29 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 29

—  uzatish  tezligi  bilan  —  telefon  aloqa  kanallari  uchun  TTXMK

                  bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma’lumotlarni uzatish tezliklari standarti

                  (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o`z ichiga oladi (bit/s da): 300, 600,

                  1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600 , 56000.

                        Oldin  modemlarning  har  biri  alohida  tezlikda  ishlash  uchun  ishlab

                  chiqarilgan;  zamonaviy  modemlar  universaldir:  ularning  ba’zilari  (masalan,

                  MT1932,  MT  2834  va  b.):  ham  kommutasiya  qilinadigan,  ham  kommutatsiya

                  qilinmaydigan  aloqa  kanallari  bilan  ishlashi  mumkin;  aytilgan  tezliklar

                  shkalasining  deyarli  hammasini  o`z  ichiga  oladi;  modem  va  faks—modem

                  rejimlariga ega.

                        Modemlarni konstruktiv turlari, ya’ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan

                  turlariga  birmuncha  batafsilroq  to`xtalaniz.  Avtonom  modemlarni  ko`pincha

                  tashqi, apparatura ichiga mos qurilgani esa ichki modem deb ataladi.

                        Ichki  modem  qurilma  ichki  platasining  raz’yoniga  quyiladigan  plata

                  ko`rinishga  ega,  masalan, kompyuter  tizimi  platasi  ISA  interfeysining  slotiga va

                  telefonli aloqa liniyasiga ulash uchun RJ—11 tipidagi yevrorazyomga ham ega.

                        Tashqi modem — bu odatda katta bo`lmagan quticha ko`riiishdagi mustaqil

                  konstruksya  bo`lib,  u  manba  —  bloki,  apparaturaga  (kompyuterni  ketma—ket

                  portiga  —  RS—232)  va  telefon  kanaliga  (RJ—11  raz’yoni)  ulash  uchun

                  razgyomlar  va  indiketorli  panel  bilan  jihozlangan.  Indikatorlar  modemning  ish

                  rejnmlari  to`g`risida  ma’lumot  beradi,  masalan,  indikatorlar  quyidagilarni

                  ko`rsatadi:

                        — MR (Modem Ready) — modem tarmoqqa ulangan;

                        — ON (Off Hook) — modem "trubkani" ko`tardi;

                        — AA (Auto Answer) — modem telefon ko`ng`irog`iga javob bermoqda;

                        —  SD  (Sarrier  Detest)  —  modem  liniyada  boshqa

                  modemni aniqladi;

                        — DS (Data Sompression)  — ma’lumotlarni  siqish

                  jarayoni bajarilmoqda;

                        — YeS (Yerror Sontrol) — xatolikni nazorat qilish

                  jarayoni bajarilmoqda va b.



                                                                28
   24   25   26   27   28   29   30   31   32   33   34