Page 33 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
        P. 33
     TTXMK (ITU)          V.21  V.22   V.22   V.32   V.32   V.34   V.34     x2 va K56 Flex
                     bayonnomasi kodi                     bis           bis           bis    texnal— ogiyalari
                     Maksiumal uzatish       300  1200  2400  9600  14400 28800 33600             56000
                      tezligi, bits bels   47    141  282  1129  1694  338  3952                 6437
                      Modulyatsiya turi     FSK  PSK  +AM  +AM  +AM  =AM  =AM                      =AM
                        V.22  dan  boshlab,  uzatish  bayonnomalarida  ma’lumotlarni  kodlashning
                  murakkab usullari ishlatiladi, ularda har bir vaqt oralig`ida ma’lumotlar elementi,
                  modulyatsiya  qilinayotgan  signal  parametrining  ikkita  emas,  balki  katta  sondagi
                  qiymatlari bilan tasvirlangan. Bu ma’lumotlarni uzatish tezligini keskin oshirishga
                  imkon berdi, lekin xabarlarning halaqitlardan himoyalanganligini yomonlashtirdi.
                        Garchi  demodulyatsiyada  bajariladigan  signalni  filtirlashda  halaqitlardan
                  himoyalanganlik ortsada, lekin bu aloqa kanalidagi halaqit va shovqinlardan kelib
                  chikuvchi  ma’lumotlarni  uzatish  xatoliklarini  samarali  to`g`rilash  uchun  yetarli
                  bo`lmadi. Shuning uchun o`tgan asr 80—yillarining o`rtalarida, ko`plab zamonaviy
                  modemlarda  ishlatilayotgan  yanada  ta’sirchanroq  MNP  turidagi  xatoliklardan
                  himoya  qilish  bayonnomalari  taklif  yetildi.  Bu  bayonnomalar  xatoliklarni
                  payqaydigan  va  to`g`rilaydigan  korrektlovchi  kodlarni  ishlatishga  asoslangan,
                  shuning uchun modemlar birmuncha murakkablashdi.
                        Shu bayonnomalar bilan, ma’lumotlarni uzatish tezligini sezilarli oshirishga
                  imkon beruvchi ma’lumotlarni siqish funksiyasini tatbiq qilish bilan bog`langan
                  modemlarni  mukammallashtirish  ko`zda  tutilgan.  Ma’lumotlarni  siqish  printsipi
                  ma’lumotlar oqimini taxlil qilish, uzatilayotgan blokdagi tez—tez uchrab turadigan
                  belgilarni  kam  uchraydigan  belgilarni  kodlash  uchun  ishlatiladigan  kodlarga
                  nisbatan  kichik  uzunlikdagi  ikkilik  kodlari  bilan  almashtirish  hamda
                  takrorlanayotgan  belgilar  ketma—ketligini  aniqlash  va  ularning  o`rniga  qisqa
                  blok—tavsifchilarni uzatishga asoslangan.
                        NMP1—NMP10 tipidagi bayonnomalar keyingi yillarda LAMP (Link Assess
                  Prosedure for Modem) V.42, V.42 bis bayonnomalari tomonidan siqib
                                                                32





