Page 31 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 31

Rossiya aloqa kanallarida, hattoki uyali telefon kanallarida ham yaxshi ishlashni

                  ta’minlaydi va boshqalarga nisbatan fakslarni yaxshiroq qabul qiladi va jo`natadi,

                  lekin  ular,  odatda,  qimmatroqdir.  Amerika  US  Robotiss  firmasining  modemlari

                  ommaviyligi  bo`yicha  hali  1995  yilda  ham  Zyxel  modemlaridan  ancha  orqada

                  qolgan  edi,  lekin  hozir  amalda  ulardan  uzib  ketdi.  Bular  ommaviyligining  asosi

                  shundaki,  ular  kompyuter  tarmoqlarida  yaxshi  ishlaydi  va  narxi  yuqori  emas,

                  hamda  Robotiss  V.34  bayonnomasining  yuqori  tezlikli  modemlarini  ishlab

                  chiqarish bilan Zyxel modemlaridan yanada o`zib ketdi.

                        Hozir Robotiss uch turdagi modemlarni ishlab chiqarmoqda:

                        —  Sportster  —  minimum  vazifalar  bilan  ta’minlangan,  uncha  qimmat

                  bo`lmagan modemlar;

                        — Sourier — professional yuqori tezlikli modemlar;

                        — Woridport — uyali aloqa liniyalarida ishlashga mo`ljallangan modemlar.

                        Modemlarning  ko`pgina  turlari  juda  rang—barang  servis  imkoniyatlarini

                  ta’minlaydi. Masalan, firmali dasturli ta’minot Zvoise bilan jixozlangan Zyxel V

                  seriyadagi  modemlar  faks,  avtojavob  beruvchi  va  NAA  vazifalarini  avtomatik

                  rejimda  juda  samarali  bajarishi  mumkin.  Masalan,  telefonda  kulayroq  bo`lganda

                  faks—modem  «trubkani  ko`taradi»,  abonent  nomerini  aniqlaydi,  uni  ekranda

                  yoritadi;  keyin,  avtojavob  beruvchi  kabi,  salomlashishini  amalga  oshiradi  va  u

                  bilan  kim  ulangamini  taxlil  qiladi.  Agar  u  faks  salomlashishini  eshitsa,  u  holda

                  faksni  qabul  qiladi  va  agar  printer  ulangan  bo`lsa,  uni  chop  yetadi.  Agar

                  ma’lumotlarni  uzatayotgan  abonent  qo`ng`iroq  qilgan  bo`lsa,  u  holda  faks—

                  modem  ularni  qabul  qiladi  va  o`ziga  ulangan  pochta  qutisiga  yuklaydi  (albatta,

                  shunday quti ulangan bo`lsa). Agar telefonda odam qo`ng`iroq qilayotgan bo`lsa, u

                  holda  nutqli  axborot  magnit  diskiga  yozilishi  va  keyinroq  telefon  orqali  eshitib

                  qurilishi  mumkin.  Fakslarni  avtomatik  jo`natilganda,  modem,  agar  uning  uchun

                  oldindan  matn  va  jo`natish  telefonlari  ro`yxati  tayyorlangan  bo`lsa,  mustaqil

                  ravishda  mijozlarga  qo`ng`iroq,  qiladi  va  ularga  faks  yuboradi,  agarda  trubkani

                  odam ko`tarsa, u holda faks—modem undan muloyimgina «odamga o`xshab» faks

                  qabul qilishni so`raydi. 5-jadvalda zamonaviy modemlar ommaviy modellarining

                  ba’zilari keltirilgan.


                                                                30
   26   27   28   29   30   31   32   33   34   35   36