Page 34 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
        P. 34
     chiqarilmoqda,  ular  xatoliklarni  tug`rilashni  va  ma’lumotlarni  siqishni  yanada
                  samaraliroq bajarishni ta’minlaydi.
                        Ma’lumotlarni uzatish standartlari jadvalida keltirilganlaridan eng samaralisi
                  V.34 ( V.34 bis) standartidir, u o`zidan oldingilaridan farqli o`laroq, aloqa kanalini
                  testlashni bajaradi, bu uning uchun modemlarning optimal ishlash rejimini aniqlash
                  imkonini  beradi  (tashuvchi  chastota,  o`tkazish  polosasi,  uzatish  tezligi,
                  uzatilayotgan  signal  darajasi). Shu standartga mos ravishda boshlang`ich ulanish
                  minimal  300  bit/s  tezlikda  amalga  oshiriladi  —  bunday  aloqa  hattoki  eng  past
                  sifatli  liniyalarda  ham  mumkindir.  Keyinchalik,  aloqa  kanalining  ikkala  uchida
                  modemlarni  identifikasiya  qilish  amalga  oshiriladi,  xatoliklarni  to`g`rilash  va
                  ma’lumotlarni  siqish  bayonnomalarini  ta’minlash  imkoniyati,  ishlatilayotgan
                  modulyatsiya  tipi  aniqlanadi  va  ma’lumotlarni  uzatishning  samarali  tezligi
                  tanlanadi.
                        Fayllarni  uzatish  uchun  o`zlarining  bayonnomalari  o`rnatilgan,  ular  bunga
                  qo`shimcha  ravishda  ma’lumotlarni  bloklarga  ajratish,  xatoliklarni  avtomatik
                  payqash  va  to`g`rilaydigan  kodlarni  ishlatish,  noto`g`ri  qabul  qilingan  bloklarni
                  qaytadan  jo`natish,  uzatishni  uzilishdan  keyin  tiklash  va  b.  jarayonlarni
                  reglamentlaydi.  Bu  guruhning  eng  keng  tarqalgan  bayonnomalari,  jumladan
                  Xmodem,  Ymodem,  Kemeit,  Zmodem  bayonnomalarini  misol  qilib  keltirish
                  mumkin. Zmodem hozir eng keng tarqalgan fayllarni uzatish bayonnomasidir va
                  to`liq asos bilan ishlatish uchun tavsiya etilishi mumkin.
                                      4. Faks—modemlar yoki modemlarining tavsiflari
                                                                                                      4- jadval
                       Model        Yasalishi    Ishlash tezligi             qo`shimcha vazifalari
                          1             2                3                               4
                     Zyxel U—         Ichki     14400,16800 faks        NAA,Avtojavob beruvchini 4 ta
                       1496 V                         14400                            rejimi
                     Zyxel U—        Tashqi     14400,16800 faks        NAA,Avtojavob beruvchini 5 ta
                      1496 ye                         14400                            rejimi
                    Zyxel Omni       Tashqi  28800, faks 14400          NAA,Avtojavob beruvchini 7 ta
                        288S                                                 rejimi, ISDN interfeysi
                    Zynel yelite     Tashqi  28800, faks 14400          NAA,Avtojavob beruvchini 7 ta
                        2864                                                 rejimi, ISDN interfeysi
                     Zyxel U—        Posket     14400,16800 faks        NAA,Avtojavob beruvchini 4 ta
                       1496P                          14400                            rejimi
                                                                33





