Page 38 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 38
vositalar
Kompyuter to’rlarini boshqaruvchi vositalar – turli kompyuter to’rlarini
boshqarishga, ular o’rtasidagi o’zaro aloqani yo’lga qo’yishga xizmat qiluvchi
vositalar bo’lib, imkoniyatlariga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
ketma-ket portlar orqali maxsus kabel yordamida ulangan kompyuterlar
o’rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiluvchi vositalar. Bularga Brooklin
Bridge, Desk Link, LapLinkIII, Fast Lynx dasturlari misol bo’la oladi;
ma’lumot almashishda telefon kanalidan (agar modem bo’lsa) foydalanishga
imkon beruvchi vositalar. Bularga Telemate, Procomm, DataLine dasturlari misol
bo’la oladi;
kichik lokal to’rlarini tashkil qilish hamda ularni boshqarishga imkon
beruvchi vositalar. Bularga Lantastic, Personal Netware kabi dasturlar misol bo’la
oladi;
katta lokal to’rlariga fayl-servis xizmatini ko’rsatish va shu to’rlarni
boshqarish imkonini beruvchi vositalar. Bularga OS Nowell, OS Unix, OS/2,
Windows NT kabi dasturlar misol bo’la oladi;
telefon, radio, kosmik yo’ldosh aloqa kanallari, optik-tolali kanallar orqali
bog’langan xalqaro miqyosdagi kompyuter to’rlarini boshqarishga imkon beruvchi
vositalar. Bularga Internet, Euronet, Fidonet, Relcom kabi tizimlarni
boshqaruvchi hamda ular bilan ishlovchi turli brauzerlar, elektron pochta vositalari,
Web-peyjerlar, faks-dasturlar misol bo’la oladi.
Modem orqali ma’lumot almashinish uchun maxsus dasturlar zarur. Ko’pgina
operatsion sistemalar tarkibida bunday programmalar mavjud va yaratilmoqda.
Masalan, Macintosh System da -SmartCom; Windows SmartCom, CrossTolk,
WinCom, Comm Works, Telix, Procom Plus, Hyper Terminal; OSF2 Warp da -
Hyper Access dan foydalanish mumkin. Bunday programmalar ko’pincha modem
bilan birga disketalarda sotiladi. Kommunikatsion programmalar
kompyuterlar orasida aloqa o’rnatishdan tashqari yana bir qator quyidagi ishlarni
bajaradi:
-Xatolarni to’g’irlash: Ma’lumot uzatilayotganda turli shovkinlar yuzaga
kelishi mumkin. Shovkin ma’lumot uzatishga ta’sir kursatuvchi tashki xodisadir.
37