Page 41 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
        P. 41
     almashinish  uch  xil  usulda  amalga  oshiriladi:  simpleks,  yarim  dupleks  va  to’liq
                  dupleks.
                        -Simpleks uzatish. Bunday uzatish turida ma’lumot fakat bir tomonga karab
                  okadi.  Bunga  an’anaviy  televideniyeni  misol  keltirish  mumkin:  ma’lumot  doim
                  uzatish stantsiyasidan televizion antennalarga uzatiladi. Teskari yo’nalishda xech
                  qanday  signallar  uzatilmaydi.  Ba’zi  kompyuterlashgan  ma’lumot  yiguvchi
                  qurilmalar xam shu printsip asosida ishlaydi(masalan, yer kimirlashi parametrlarini
                  ulchaydigan seysmograf).
                        -Yarim dupleks uzatish. Bu usulda ma’lumot ikkala yo’nalishda xam uzatilishi
                  mumkin, ammo bir vaqtda bu yo’nalishlardan biri orqaligina ma’lumot uzatilishi
                  mumkin. Bu usul ma’lumot almashinish uchun eng keng ishlatiladi.
                        -To’liq  dupleks  uzatish.  Bu  usulda  ma’lumot  bir  vaqtda  ikkala  yo’nalish
                  bo’yicha xam uzatilishi mumkin. Telefon yordamida gaplashishni bunga uxshatish
                  mumkin.  Bunday  ma’lumot  almashinish  usuli  yirik  kompyuter  tizimlarida
                  qo’llaniladi.  Bu  usuldan  ba’zi  yangi  modem  turlarida  va  Microsoft  Netmeeting
                  kabi programmalar bilan ishlayotganda xam foydalanish mumkin.
                        Ma’lumot uzatish rejimlari: asinxron va sinxron.
                        Tasavvur qiling, kompyuteringiz “TABRIKLAYMIZ!!!” so’zini bit va baytlar
                  shaklida  aloqa  liniyasi  orqali  uzatyapti.  Savol  tug’iladi:  qabul  qiluvchi  qurilma
                  qaysi  bayt(bitlar  ketma-ketligi)  qachon  boshlangan  (ya’ni  aynan  qaysi  bitdan
                  boshlangan) va qayerda tugaganligini qanday aniqlaydi? Masalan,
                  ….10001001010010110 010010101101…. Bo’lakda qaysi baytlar turibdi. Baytlar
                  nima bilan ajratilgan. Albatta 1 baytning 8 bitdan iborat ekanligini bilish xam buni
                  aniqlash uchun yetarli emas. Bayt aynan qaysi bit (0 yoki 1) dan boshlangan va
                  tugaganligini  bilish  kerak.  Sinxron  va  asinxron  uzatish  shu  narsaga  asoslangan.
                  Umuman, xar qanday ma’lumot yo sinxron yoki asinxron usulda uzatiladi.
                        - Asinxron ma’lumot uzatish. Bu usul deyarli barcha shaxsiy kompyuterlarda
                  qo’llaniladi  va  “boshlash-tugatish  (start-stop)  uzatish”  deb  xam  yuritiladi.
                  (“Asinxron” suzi kadimgi grekcha suz bo’lib, “vaqti bir xil emas” degan ma’noni
                  bildiradi). Asinxron uzatishda xar bir vaqt oraligida bitta bayt(bitlar ketma-ketligi)
                  uzatiladi.  Bunda  xar  bir  baytni  tashkil  etuvchi  bitlar  ketma-ketligi  “qavslarga”
                                                                40





