Page 42 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
        P. 42
     olingan  va  maxsus  boshqaruvchi  bitlar(“qavslar”)  bilan  birga  uzatiladi.  Bu
                  “qavslar”  xam  boshlanish  biti(start  bit)  va  tuxtash  biti(stop  bit)  lardan  iborat.
                  Boshlanish biti baytni tashkil etuvchi birinchi bitdan oldin, tuxtash biti esa baytni
                  tashkil etuvchi oxirgi bitdan keyin “turadi”.
                        Ko’pgina  shaxsiy  kompyuterlarda  bu  usul  qo’llaniladi,  ammo  bunda
                  ma’lumot  uzatish  tezligi  nisbatan  past.  qisqa  muddat  ichida  katta  xajmdagi
                  ma’lumotni uzatish uchun albatta bu metod ancha noqulay. Bu usulning afzalliki
                  shundaki, ma’lumot junatuvchi axborotnip xoxlagan paytda junatishi mumkin.
                        - Sinxron  ma’lumot  uzatish.  Asinxron  uzatishdan  farkli  ularok  sinxron
                  uzatishda  ma’lumot boshlovchi va tugatuvchi  bitlar  orqali  emas, balki  ma’lumot
                  bloklari(baytlar  yigindisi)  uzatiladi.  (“Sinxron” suzi  kadimgi  grekcha  suz bo’lib,
                  “bir vaqtda” degan ma’noni bildiradi). Bunda boshlovchi va tugallovchi bitlar xar
                  bir bayt boshi va oxirida emas, balki xar bir blok (baytlar ketma-ketligi) boshi va
                  oxirida bo’ladi. Bu bitlarning vazifasi nafaqat bloklarni bir-biridan ajratib turish,
                  balki  uzatuvchi  va  qabul  qiluvchi  qurilmalardagi  ichki  soatlar  vaqtini  bir
                  xilligini(sinxron eanligini) nazorat qilishdan iborat.
                        Bu usul juda murakkab va qimmatga tushishi sababli shaxsiy kompyuterlarda
                  kam  qo’llanilgan.  Shunga  qaramasdan,  ba’zi  modemlar  kompyuter  ketma-ket
                  portidan  asinxron  tarzda  uzatilayotgan  signallarni  liniyaga  sinxron  signallar
                  shaklida uzata oladi.
                                4.  Paketlar kommutatsiyasi. Multipleksirlash. Protokollar.
                        Paket  -  bu  uzunligi  (hajmi)  fiksirlangan  (qat’iy  belgilangan)  va  uzatishga
                  muljallangan ma’lumot tuplamidir. Paketlar kommutatsiyasi - bu keng tarmoqlarda
                  (masalan,  Internet)  elektron  xabarlarni  paketlarga  ajratib  kerakli  manzilga  eng
                  qisqa  yullar(marshrut  yoki  trafik)  orqali  junatishga  asoslangan  texnologiyadir.
                  (Keng  tarmoq  yoki  WAN  -  bu  katta  xududga  tarqalgan  tarmoqdir).  Bu
                  texnologiyaning afzalligi shundan iboratki u tarmoqdagi katta hajmdagi trafikdan
                  samarali  foydalanishga  imkon  beradi.  Bu  ko’p  sondagi  foydalanuvchilarga
                  tarmoqni  optimal  ishlatishga  imkon  beradi  va  ancha  mablag’ni  xam  tejaydi.  Bu
                  metod ma’lumotlarni uzoq masofalarga(boshqa davlat va kit’alarga) uzatish uchun
                                                                41





