Page 43 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
        P. 43
     juda  qulay.  Xush,  paketlar  kommutatsiyasi  qanday  ro’y  beradi?  Uzatuvchi
                  kompyuter,  aniqrogi  undagi  kommunikatsion  qurilma  va                     programmalar
                  ma’lumotni paketlarga ajratadi. Turli paketlar turli yo’llar orqali, turli tezliklarda
                  va  ba’zan  boshqa  paketlar  bilan  birga  uzatiladi.  Paketlar  kerakli  manzilga
                  yetganda, qabul qiluvchi kompyuter ularni yana yaxlit ma’lumotga aylantirib oladi.
                  Paketlar kommutatsiyasi  ma’lumot uzatish uchun qulay, ammo  to’g’ridan-to’g’ri
                  uzatish  (masalan,  radio,  TV  va  video)  uchun  noqulay  hisoblanadi.  Umuman
                  olganda paketlar kommutatsiyasi ruy berishi uchun TCP/IP protokoli javobgar. Bu
                  protokol to’g’risida keyinrok to’xtalamiz.
                        Multipleksirlash: kommunikatsiya samaradorligini oshirish.
                        Kommunikatsiya  liniyalari  xar  qanday  kompyuter  yoki  terminalga  nisbatan
                  kattaroq  sig’imga  ega.  Bu  liniyalardan  ma’lumot  saqlash  uchun  foydalanish
                  qimmatga  tushishi  mumkinligi  sababli  turli  kommunikatsiya  qurilmalarning  bir
                  vaqtda bitta liniyadan foydalana olishlari aynan samaraliroq bo’lardi. Bu jarayon
                  multipleksirlash  deyiladi.  Multipleksirlash-bu  ko’p  signallarni  bir  vaqtda  bitta
                  kommunikatsiya kanali orqali uzatishdir.
                        Multipleksilashni  amalga  oshirish  uchun  uch  turdagi  qurilmalar  kerak:
                  multipleksor, kontsentrator va FEP.
                        - Multipleksor. Bu turli past tezlikdagi uzatishlarni yagona yuqori tezlikdagi
                  uzatishga birlashtiruvchi qurilmadir. Modeliga qarab, yagona aloqa liniyasiga 32 ta
                  yoki  ko’proq  qurilmalarni  ulash  mumkin.  Multipleksor  orqali  uzatiladigan
                  ma’lumotni  shu  tipdagi  mulipleksor  qabul  qilishi  kerak.  Uzatuvchi  multipleksor
                  turlii qurilmalar uzatayotgan m’lumotni birlashtirib bitta liniya orqali katta tezlikda
                  uzatadi.  qabul  qiluvchi  multipleksor  esa  qabul  qilingan  xabarlarni  saralaydi  va
                  kerakli qurilmalarga ajratib uzatadi.
                        - Kontsentrator.  Kontsentratorlar  xam  multipleksor  kabi  bir  nechta
                  kurrilmalarga  bitta  kommunikatsiya  liniyasidan  foydalanishga  imkon  beradi.
                  Ammo  multipleksordan  farqli  o’laroq,  kontsentrator  ma’lumotni  vaqtinchalik
                  saqlash qurilmasiga yigadi.
                        - FEP  (Front-End  Processor).  Bu  qurilma  katta  kompyuter-meynfreymga
                  ulangan mikrokompyuter bo’lib, uni kommunikatsiya liniyasiga ulaydi. U
                                                                42





