Page 44 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 44
kommunikatsiya liniyasiga meynfreym ma’lumotlarini uzatadi, xatolarni tuzatadi
va katta kompyuterga asosiy protsessor vaqtini kerakli hisob-kitoblarga sarflashga
imkon beradi. FEP ba’zan kommunikatsiya kontrollyori deb xam yuritiladi.
Protokollar: ma’lumot tuzatish qoidalari. Ushbu mavzuda berilgan texnik
ma’lumotlar oddiy foydalanuvchi uchun juda murakkab tuyulishi mumkin. Aslida
esa u kompyuter oldiga o’tirib kommunikatsiya liniyasi orqali biror xabarni
jo’natayotganligida uzatishga bog’liq ikir-chikirlar bilan qiziqmaydi. Ammo
mutaxassislar tarmoqni doimo kuzatib turishadi va protokollar deb ataluvchi
maxsus axborot almashinish koidalari bajarilishini nazorat qilib turishadi. Albatta
bu jarayon avtomatlashtirilgan, ammo ko’pincha inson ishtirokisiz xal etib
bo’lmaydigan muammolar ro’y berib turadi.
Protokol yoki kommunikatsiya protokoli - bu kommunikatsiya tarmoqlarida
turli standart va operatsion sistemalar platformasiga mos qurilma va programmalar
o’rtasida ma’lumot almashinish va ularni moslashtirish bo’yicha maxsus qoidalar
yigindisidir.
Protokollar kommunikatsion qurilma va programmalar ichiga joylashtirilgan.
Protokollar ma’lumot qanday qilib manzilga xatosiz yetib borishi, turli operatsion
sistemalar, turli standart va arxitekturadagi qurilmalar orasidagi moslikni va
ma’lumot uzatish tezligini ta’minlab turadi.
O’tmishda hamma qurilma va programmalarning ishlab chiqaruvchilari turli
standartlar bilan maxsulot ishlab chiqarishardi. Bu emas mos kelmaslik
muammosini keltirib chiqardi. Buning natijasida esa turli standartdagi programma
va qurilmalar urtasida ma’lumot almashinish juda murakkab bulardi. Yaqin
yillarda ko’p ishlab chiqaruvchilar yagona OSI (Open Systems Interconnection)
nomli protokollar asosida ishlashga qaror qilishdi. OSI - bu Xalqaro Standartlar
Tashkiloti (International Standard Organization) tomonidan qabul qilingan xalqaro
standart bo’lib, butun butun dunyo kompyuter kommunikatsiyasi uchun
protokollarni ushbu 7 darajasini belgilab qo’ydi:
1. Fizik protokol. Uzatish muhiti orqali bitlarning uzatilishini boshqaradi.
2. Bog’lovchi protokol. Bir uzeldan ikkinchi uzelga ma’lumot uzatilishini
ta’minlaydi.
43