Page 39 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
        P. 39
     Shovqinni elektr tarmogidagi qisqa tutashuvlar, kontaktlarning uzatilishi, yaqinda
                  joylashgan kuchli magnit maydon manbalari, masalan, konditsioner yoki televizor
                  keltirib chiqarishi mumkin. Ovoz uzatishda ular unchalik unga ta’sir qilmasa xam
                  uzatish tezligi pasayishi mumkin. Modem o’zining programmasi bilan birga ishlab
                  uzatishdagi xatolarni tuzatadi va shovqinlarni bartaraf qila oladi.
                        -Ma’lumotni  arxivlash.  Albatta  xajmi  qisqargan  (arxivlangan)  ma’lumotni
                  uzatish  uchun  kamroq  vaqt  sarflanadi.  Bu  esa  uzatish  tezligini  oshiradi  va
                  ma’lumot yaxshi saqlanadi. Arxivlash algoritmlarining ba’zilari bilan siz tanishsiz.
                        Masofadan boshqarish.
                        Masofadan  boshqarish  programmalari  bir  kompyuterdan  turib  uzoq
                  masofadagi  (bir  necha  ming  kilometrgacha)  kompyuterni  boshqarishga  imkon
                  beradi. Bunday programmalarning bir qismi siz ishlayotgan kompyuterda, qolgan
                  qismi  uzoqdagi  boshqarilayotgan  kompyuterda  bo’ladi.  Bunday  programmalarga
                  Carbon Copy, Norton PC Anywhere, GotoMyPc larni misol keltirishimiz mumkin.
                         2. Kommunikasion kanalning o’tkazish qobiliyati. Uzatish parametrlari
                        Ma’lumot qanday va qaysi tezlikda uzatilishi ko’p omillarga bog’liq.
                            Ma’lumot uzatish kanallari bilan tanishgan xolda ma’lumot uzatishga
                  ta’sir kiluvchi omillarni ko’rib chiqaylik. quyidagi asosiy omillarni bilish zarur:
                        - uzatish ulchovlari: chastota va eng yuqori-eng past chastotalar farki;
                        - liniyalarning tuzilishi: nuqtaga-nuqta (point-to-point) va ko’p nuqtali;
                        - parallel va ketma-ket uzatish;
                        - uzatish yo’nalishlari: simpleks, yarim dupleks va to’liq dupleks;
                        - uzatish rejimi: asinxron va sinxron;
                        - paketlar kommutatsiyasi;
                        - multipleksirlash;
                        - protokollar.
                        Uzatish paremetrlari: chastota va eng yuqori-eng past chastotalar farqi.
                        Uzatish sifati ikkita uzgaruvchiga bog’liq: chastota va chastotalar farki. Bular
                  haqida oldingi mavzuda batafsil tuxtalgan edi.
                                                                38





