Page 40 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
        P. 40
     Buralma juftli telefon simi 4000 Gts chastotada bir sekundda br-yugi 1 kbayt
                  ma’lumotni  uzata  oladi.  100  MGts  chastotali  koaksial  kabel  shu  vaqt  ichida  10
                  Megabayt, 200 trln. Gts chastotali optik tolali kabel 1 gigabayt ma’lumotni uzata
                  oladi.
                        Liniyalarning tuzilishi: nuqtaga-nuqta va ko’p nuqtali.
                        Liniyalar tuzilishi, yoki Aloqa liniyalari orqali uzatishning ikki turi mavjud:
                  nuqtaga-nuqta va ko’p nuqtali.
                        - Nuqtaga-nuqta. Bu usulda ma’lumot junatuvchi va qabul kiluvchi qurilmalar
                  bevosita  bir-biriga  ulanadi.  Masalan,  terminal  va  markaziy  kompyuter  shunday
                  ulanadi.  Bu  xususiy(alohida  foydalanuvchiga  tegishli  bo’lgan)  ma’lumotni
                  saklangan  xolda  bitta  qurilmadan  ikkinchisiga  uzatish  usulidir.  Bunaka  liniya
                  jamoaviy yoki xususiy bo’lishi mumkin.
                        - Ko’p  nuqtali.  Bu  yagona  liniya  bo’lib,  bir  nechta  kommunikatsiya
                  qurilmalarini bitta kompyuterga ulaydi. Bunaqa liniyada, ko’pincha, bitta qurilma,
                  masalan, terminal, xoxlagan paytda ma’lumotni uzata(qabul qila) oladi.
                        Ketma-ket va parallel ulash.
                        Ma’lumot ikki xil  usulda uzatiladi: ketma-ket va parallel signallar yigindisi
                  kurinishida.
                        - Ma’lumotni ketma-ket uzatish. Bu usulda bitlar bitta-bitta, biri ikkinchisida
                  keyin uzatiladi. Ketma-ket uzatish ko’pincha buralma juftli telefon liniyalari orqali
                  amalga oshiriladi. Bu usul ko’pgina liniyalarda, modemlar, sichkonchalarda xam
                  qo’llaniladi.  Kompyuterga  ulanuvchi  modem  kartasi(platasi)  odatda  ketma-ket
                  portga ulanadi.
                        - Ma’lumotni parallel uzatish. Bunday uzatishda ma’lumot qismlarga ajratilib,
                  bu qismlar alohida liniyalar orqali bir vaqtda uzatiladi. Parallel liniyalarda ketma-
                  ket  liniyalarga  nisbatan  ma’lumot  ancha  tez  uzatiladi.  Ammo  bu  usulda  kabel
                  uzunligi  15  fut(5  metr)  gacha  bulishi  mumkin,  xolos.  Shuning  uchun  bu  usulda
                  ma’lumot, masalan, protsessordan printerga uzatiladi.
                                              3. Uzatish yo’nalishlari va rejimlari.
                        Ma’lumot oqimi yo’nalishlari: simpleks, yarim dupleks va to’liq dupleks.
                        Ikkita ma’lumot almashinish uchun ulangan kompyuterlar urtasida ma’lumot
                                                                39





