Page 32 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
        P. 32
     Zyxel  Omni  288  va  Zyxel  yelite  2864  faks—modemlarida  ISDN  interfeysi
                  borligini alohida ta’kidlash kerak, bu ularga istiqbolli raqamli tarmoqlarda ishlash
                  imkonini  beradi,  kompyuterga  esa  bu  modemlar  parallel  port  orqali  ulanishi
                  mumkin. ISDN tarmoqlarida ishlashni Zoom Telephonies firmasining modeni —
                  ISDN  Duo  ham  imkon  beradi,  uning  tarkibiga,  xususan,  128  Kbit/s  almashish
                  tezlikli terminalli adapter va 33,6 Kbit/s almashish tezlikli integrallashgan analogli
                  modem kiradi.
                                     Modemlarda ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari
                        Modemlarda  ma’lumotlarni  uzatish  va  ularni  o`zgartirish  qabul  qilingan
                  bayonnomalarga mos ravishda bajariladi.
                        Ma’lumotlarni  uzatish  bayonnomasi  —  bu  ma’lumotlar  shaklini  va
                  ularning  aloqa  kanalida  uzatish  jarayonlarini  reglamentlovchi  (tartiblovchi)
                  qoidalar  to`plamidir.  Bayonnomada,  xususan,  quyidagilar  ko`rsatilishi  mumkin:
                  ma’lumotlar qanday tasvirlanadi, ma’lumotlarni uzatishni tezlashtirish va himoya
                  qilish maqsadida qanday modulyatsiya turi tanlanadi, kanal bilan ulanish, kanalda
                  amaldagi shovqinlarni bartaraf yetish va ma’lumotlarni uzatishning ishonchliligini
                  ta’minlash qanday bajariladi.
                        Standart odatda o`z ichiga bayonnomalar to`plamini oladi, kam hollarda bitta
                  bayonnomani oladi.
                        Modemlar  uchun  ma’lumotlarni  uzatish  bayonnomalari  soxasidagi  rasniy
                  qonunchi  telegraf  va  telefoniya  bo`yicha  Xalqaro  maslaxat  kengashidir  —
                  TTXMK  (ko`pincha  adabiyotda  uning  fransuzcha  abbreviaturasi  —  SSITT
                  uchraydi).  Bu  kengash  yaqinda  telekommunikasiya  Xalqaro  instituti  deb  qayta
                  nomlangan (GSH — International Telesommunikation Union).
                        Amalda ma’lumotlarni uzatishning barcha modemli standartlari bu tashkilot
                  tomonidan belgilakgan; ulardan eng rining tavsiflari 1-jadvalda kelshrilgan.
                         Telefonli aloqa kanalari bo`yicha ma’lumotlarni uzatish bayonnomalari
                                                                                                      3- jadval
                     Paydo bo`lgan yili     1964  1982  1986  1987  1990  1994  1995               1997
                                                                31





