Page 16 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 16
Kompyuter tarmoqlari tasnifi va hususiyatlari
1- jadval
Masofa
bo’yicha Joylashuvi Sinf
tartiblanishi
Bir kishi atrofidagi
1 m (HAN) Shaxsiy tarmoq.
territoriya
10 m Xona (kvartira) (LAN) Lokal tarmoq
100 m Bino (LAN) Lokal tarmoq
1 km Shahar tumani (LAN) Lokal tarmoq
(MAN) Shahar
10 km Shahar
mashtabidagi tarmoq;
(WAN) kengmashtabdagi
100 km Kontinent
tarmoq;
10000 km va Planeta (GAN) Internet
undan ortiq
Bu tarmoq turlari turli kompyuterlar, saqlash va kommunikatsiya
qurilmalarini o’z ichiga olishi mumkin.
Tarmoqning ba’zi xususiyatlari: host va uzel, yozib olish (download) va
yozib olish uchun uzatish(upload).
Turli kompyuter tarmoqlari, qisman katta tarmoqlarga, xost(xo’jayin)-
kompyuter xizmat ko’rsatadi. Xost-kompyuter yoki qisqacha host tarmoqni
boshqarib turuvchi markaziy kompyuterdir. Lokal tarmoqlarda host-
kompyuterning ba’zi funktsiyalarini server(server) deb ataluvchi kompyuter
bajarishi mumkin. Server(xizmatchi)-bu tarmoqdagi turli foydalanuvchilarga
xizmat ko’rsatuvchi kompyuterdir.
Uzel – bu sodda qilib aytganda, tarmoqqa ulangan qurilma. Uzel – kompyuter,
terminal, saqlash va boshqa qurilmadan iborat bo’lishi mumkin.
Tarmoq foydalanuvchisi sifatida siz download yoki upload qilishingiz
mumkin. Download (yozib olish) – bu boshqa kompyuterdagi faylni olish va
o’zingizni kompyuteringizda saqlash, upload (yozib olish uchun uzatish) esa,
aksincha.
Nazorat savollari:
15