Page 9 - Microsoft Word - Tarmoq_texnologiyalari_O˘quv_qo˘llanma_2022
P. 9

-    interaktiv  muloqot  imkoniyatlarining  joriy  etilishi  asosida  o`qitish


                  jarayonini individuallashtirish va differentsiyalashtirishga;

                        -  sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali talabaning o`quv

                  materiallarini o`zlashtirish strategiyasini egallashiga;

                        -     axborot  jamiyati  a’zosi  sifatida  unda  axborot  madaniyatining

                  shakllanishiga;

                        -    o`rganilayotgan  jarayon  va  hodisalarni  kompyuter  texnologiyalari

                  vositasida taqdim etish, talabalarda fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga

                  olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.



                          2. Kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa uchun kompyuterlardan

                                                          foydalanish.


                        Kompyuterlar       va     kommunikatsiya         vositalari    zamonaviy       axborot

                  texnologiyalarining asosi bo’lib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan

                  ikkinchi joyga tezroq yetib boradi, yangilik tez tarqaladi. Kommunikatsiya (лат.

                  communicatio  —  сообщение,  передача)  axborotlarni  bir  joydan  ikkinchi  joyga

                  etkazish tushuniladi.

                        Kompyuter  yordamida  aloqa  qilish  uchun  foydalanuvchiga  modem  zarur

                  bo’ladi.  U  tashki  yoki  ichki  qurilma  bo’lib,  kompyuter  yordamida  tayyorlangan

                  ma’lumotlarni telefon simlari orqali uzatish va qabul qilishga imkon beradi.

                        Kommunikatsiya  yoki  “telekommunikatsiya”  manba  (transmitter)  va  qabul

                  qiluvchi (receiver) o’rtasida masofadan turib ma’lumot almashinishni bildiradi.

                        Telekommunikasiya  vositalari  vazifalariga  ko’ra  quyidagi  guruhlarga

                  bo’linadi (1-rasm):




















                                                                8
   4   5   6   7   8   9   10   11   12   13   14