Page 161 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 161
Ekspress (tezkor) usullar (lot. yexrressus - kuchaytirilgan) — о‘simlik va
tuproq ustida, dala sharoitida tezkor bajariladigan tahlil usullari.
Ekstraktor (lot. yextractum — ajratib olish) — moddalarni tarkibiy qismlarga
ajratishda ishlatiladigan moslama.
Etiketka (frans. yetiquette — yorliq) - hisob olib boriladigan о‘simliklarga
osiladigan yorliq.
Ehtimollik - hodisaning ob’yektiv imkoniyatlar о‘lchami, qulay tasodiflar
sonining rо‘y berishi mumkin bо‘lgan tasodiflar soniga nisbati, odatda R harfi
bilan ifodalanadi.
Yustirovka (nem. justieren — maromiga keltirmoq, moslashtirmoq) — asbob va
mexanizmlarni tekshirib, shay holatga keltirish.
Yumshoq suv - tarkibidagi Sa va Mg kationlari miqdori 4 mmol’ ekv/l dan kam
bо‘lgan suv.
Yakka belgi bilan farqlanish prinsipi(lot. rrincipium-asos) -
о‘rganilayotgandan boshqa barcha sharoitlarning bir xil bо‘lishi. Ushbu belgi
tо‘tri qо‘yilgan tajribaning asosiy mezonlaridan biridir.
О‘zgaruvchanlik - xususiy belgi (X) miqdorining о‘rtacha miqdor(x)ga nisbatan
variatsiyalanishi yoki tebranishi. О‘zgaruvchanlikning asosiy о‘lchami
2
dispersiya (S ) va andaza og‘ish (S) hisoblanadi.
О‘simliklarning mineral oziqlanishi (mineral) о‘simliklarning о‘z hayot
faoliyati uchun kerak bо‘ladigan mineral tuzlarni о‘zlashtirishi.
О‘simliklarda oziq moddalarning reutilizatsiyasi — (lot. re... orqaga, va lot.
utilis - foydali) - oziq moddalarning о‘simlik о‘suv organlaridan reproduktiv
(meva, urug‘ va shu kabilar) organlariga, qari barglardan yosh (yangi)
barglarga oqib о‘tishi.
О‘simliklarning ochiqish belgilari, simptom lari — (yunon. sutrtota - belgi)-
oziq elementlar yetishmaganda о‘simlik barglarining rangi, katta-kichikligi
va shaklining о‘zgarishi, shuningdek, о‘sish va rivojlanishining sekinlashishi
bilan ifodalanadi.
161