Page 157 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 157
Radioaktiv moddalar (lat. radius — nur va astivus - faol) - tarkibida radioaktiv
elementlar tutgan moddalar. Ular fanda ilmiy tadqiqot maqsadlarida qо‘llaniladi.
Tuproqshunoslik va agrokimyoda ulardan moddalarni tuproqdagi harakati,
о‘zgarishi va shuningdek, о‘simliklar tomonidan о‘zlashtirilishini kuzatish
32
maqsadida foydalaniladi (masalan, fosforning nishonlangan izotopi R/5).
Rekognossirovka (lot. Resogpossere - kо‘rib chiqmoq) - geodezik va xarita
tuzish (tuproq, xaritasi, agrokimyoviy xaritanoma va boshqa) ishlarida joyni
avvaldan kо‘zdan kechirib chiqish.
Refraktometr (lot. refractus - sinish va yunon. metreo - о‘lchayman)-nurlarni
turli jismlardan о‘tgandagi sinish kо‘rsatkichini о‘lchaydigan asbob.
Rux - mikroelement, о‘simliklarning nafas olishini kuchaytiradi, oqsil,
vitaminlar, aminokislotalar va xlorofill mikdorini oshiradi.
Rux aldamasi — ZpS.
Rux kuporosi — ZpSO 4 • 7N 2O.
Selitralar — (lot. sa1 - tuz va yunon. pitrop - ishqor) — kaliy, natriy, kalsiy va
ammoniy kabilarning nitratli tuzlari; natriyli (Chili selitrasi), kaliyli (Hind
selitrasi), kalsiyli (Norvegiya selitrasi) va ammiakli selitralar qimmatli о‘g‘it
sifatida muhim ahamiyatga ega. Spektrofotomeriya — (lat. srectrum —
kо‘rinadigan va yunon. rhos — yorug‘lik, tetreo - о‘lchayman) - bо‘yalgan
eritmaning optik zichligini spektrofotometrlar yordamida aniqlashga asoslangan
miqdoriy tahlil usuli.
Sterillangan ekinlar - (sterilizatsiya) - atrofidagi barcha ekinlar yoki faqatgina
bittasining ildizi sterillangan muhitda о‘stiriladigan ekinlar. Agrokimyo va
fitofiziologiyadagi vegetatsion tadqiqot usullaridan biri.
Suvli muhitda yetishtiriladigan ekinlar — о‘simliklarni ma’lum tarkibli
tuzlarning suvli eritmalarida о‘stirish usuli.
Tajriba bо‘lmasi - dala tajribasining eng kichik birligi, ma’lum kattalik va
shaklga ega bо‘lgan va alohida variant joylashtiriladigan tajriba maydonchasi.
157