Page 153 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 153
Ionlar sinergizmi — (yunon. synergia - hamkorlik) — oziqlanish chog‘ida
anion va kationlar о‘rtasidagi hamkorlik. Bu hodisa bir xil zaryadlangan ionlar
о‘rtasida ham kuzatiladi.
Iris parda, kamalak narda (yunon. iris - kamalak) — agrokimyoviy
tadqiqotlarda ishlatiladigan fotometrlarda keng tarqalgan parda.
Kaliy (arab. algali - soda) — asosiy oziq elementlardan biri (belgisi K, tartib
raqami 19, atom og‘irligi 39,090). О‘simliklarning sovuqqa, qurg‘oqchilik va
kasalliklarga chidamini oshiradi, uglevod almashinuvida faol qatnashadi.
Kation (yunon. kata — pastga, iop - boruvchi) — musbat elektr zaryad
tashuvchi, elektr maydon orqali katodga qarab xarakatlanuvchi ion.
Kichik muhim farq (KMF) — tadqiqotlardagi yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan
tasodifiy og‘ishlar chegarasini kо‘rsatuvchi kattalik; KMF 05 va KMF 01
farqlanadi.
Kobalt (nem. Kobalt — tog‘dagi rux nomi) - fermentlar va tugunak bakteriyalar
faolligini oshiruvchi mikroelement. So yetishmaganda, barglarda xloroz
kuzatiladi va о‘simliklarning sovuqqa chidamliligi va hosildorlik keskin
kamayadi.
Kolloiddar, tuproq kolloidlari (yunon. kolla — yelim, yeidos -tur) - tuproq va
5
7
jinslarning 10 -10 sm kattalikdagi mexanik elementlari.
Kolorimetr (lot. so1or — rang va yunon. tetreo - о‘lchayman) — andaza eritma
rangiga taqqoslash asosida о‘rganiladigan eritma konsentratsiyasini
aniqlaydigan asbob.
Korrelyatsiya, korrelyativ bog‘liqlik (lot. sorrelativus- nisbiy) -о‘simliklarning
tuzilishi, turli qismlarining funksiyalari va shuningdek, xо‘jalik jihatdan
qimmatli belgilar о‘rtasidagi munosabat, nisbat.
Korrektirovkalash yoki tuzatish omili - dispersion tahlilda og‘ish kvadratlari
yig‘indisini shartli yoki ixtiyoriy boshlanishga nisbatan hisoblashda
kiritiladigan tuzatish (S).
153