Page 151 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 151
+
Valentlik (lot. valentia - kuch, qudrat) — muayyan bir atomning N yoki
boshqa bir valentli elementning nechta atomi bilan birikishi yoki о‘rnini bosa
olishini kо‘rsatuvchi son.
Variant, tajriba variant (lot. varians - о‘zgaruvchan) — tajriba tizimining
tarkibiy qismi; о‘rgaiilayotgan omil turi yoki soni (masalan, о‘g‘it turi,
me’yori, qо‘llash muddati va h.k.) bilan boshqa bо‘laklardan ajralib turadi.
Vegetativ yoki о‘suv organlar (lot. vegetativus — о‘simlikka xos)-
о‘simliklarning о‘sish va oziklanish (ildiz, asosiy poya monopodial shox va
barg) organlari.
Vegetatsion uychalar — devor va tomlari oynavand qilib ishlangan, vegetatsiya
tajribalari о‘tkaziladigan bino.
Vizual, nigohiy kuzatish (lot. visiualis - nigohiy) —о‘simliklarning holatini kо‘z
yoki maxsus optikaviy asboblar yordamida kuzatish.
Vegetatsiya davri, amal davri (lot. vegetatio — о‘sishga xos) —о‘simliklarda
nihollar unib chiqqandan to yangi urug‘ pishib yetilguncha о‘tadigan davr.
Generativ organlar (lot. generare — vujudga keltirmoq) —о‘simliklarning jinsiy
kо‘payish organlari.
Gigroskopiklik, о‘g‘itlarning gigroskopikligi (yunon. gugros — nam, skoreo -
kо‘raman) — о‘g‘itlarning atrof-muhitdagi namlikni singdirib olish xususiyati.
Glauber tuzi (ism) — mirabilit. Na 2SO 4 10N 2O.
Gumus (lot. humus — yer, tuproq) — tuproqning yuqori molekulyar, tо‘q
rangli organik moddasi; gumin va fulvo kislotalar hamda gumatlardan iborat.
Dala tajribasi dasturi - dala tajribasining maqsad va vazifalari bayoni. Unda
barcha agrotexnika tadbirlari tuproqni ishlash tizimi, ekish va sug‘orish
me’yorlari kо‘rsatiladi.
Denitrifikatsiya (lot. de.- ajralish, bо‘linish ma’nosini anglatuvchi old
qо‘shimcha, nitrogenium - azot, fasio — paydo qilish) — tuproqdagi
nitratlarning noqulay sharoitda, mikroorganizmlar ishtirokida molekulyar azot
yoki oksidlar holatiga о‘tishi.
151