Page 147 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 147

mohiyatini  izohlab  bermaydi.  Shuning  uchun  kuzatish  agrokimyoviy

                  taqiqotlarda о‘zicha mustaqil tadbir bо‘lmasdan, о‘ziga nisbatan murakkab usul –

                  tajriba tarkibiy qismi hisoblanadi.

                        Tajribada tadqiqotchi kerakli omil va hodisani sun’iy ravishda yaratadi yoki

                  uning sababi, kelib chiqishi hamda mohiyatini batafsil tushuntirish maqsadida

                  shart-sharoitlarini  о‘zgartiradi.  Lozim  bо‘lganda  uni  qismlarga  bо‘lib

                  (analiz), о‘rni kelganda umumlashtirib (sintez) о‘rganadi.

                        Aytilganlardan  kо‘rinib  turibdiki,  kuzatishga  qaraganda  tajriba  bir  qator

                  ustunliklarga ega. shu bois u barcha tabiiy fanlarda keng qо‘llaniladi.

                        Rejalashtirish-tadqiqotlar  oldiga  qо‘yilgan  eng  qiyin  va  mas’uliyatli

                  vazifa bо‘lib, u о‘z ichiga quyidagi bо‘limlarni oladi:

                        >  ilmiy  izlanish  muammosidan  kelib  chiqqan  holda  mavzu  va

                  mavzuchalarni tanlash;

                        >  tadqiqotning maqsadi, vazifalari va ob’yektini aniqlash;

                        >  masalaning о‘rganilganlik darajasini tanqidiy о‘rganish;

                        >  ishchi taxmin (gipoteza) ni yaratish;

                        >  tadqiqotning dasturi va uslubiyotini tuzish.

                        Muammo - о‘rganiladigan nazariy yoki amaliy masala.


                        Mavzu -  muammo  yoki  muammoli  masalaning bir qismini  yechish uchun
                  belgilanadigan  topshiriq.  Tadqiqotning  mavzusi  aniq,  lо‘nda  tarzda  bayon


                  qilinishi va о‘z ichiga izlanishlar mazmunini qamrab olishi hamda shu kun va
                  kelajak  talablariga  tо‘la  javob  berishi  kerak.  О‘rganiladigan  masala


                  muammosidan kelib chiqqan holda mavzu о‘z navbatida mavzucha va bо‘limlarga
                  bо‘linishi mumkin.


                        Tadqiqotning  maqsadi  -  ish  nima  uchun  amalga  oshirila  yotganligini

                  kо‘rsatishi,  tadqiqotning  hajmi  va  murakkabligidan  qat’iy  nazar  bitta  jumla

                  bilan ifodalanishi lozim.

                        Tadqiqotning vazifalari - tadqiqotning yechimini ta’minlovchi kuzatishlar

                  majmuini о‘zida ifoda qiladi.


                                                              147
   142   143   144   145   146   147   148   149   150   151   152