Page 145 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 145
     5.1. AMALIYOT HISOBOTINING TAXMINIY MAZMUNI
                            Hisobot ushbu amaliyotni о‘tkazish rejasiga muvofiq tuziladi va u
                                          quyidagi bо‘limlardan iborat bо‘ladi.
                        1. Sarvaraq
                        2. Mundarija
                        3.  Kirish  –  Agrokimyo  yо‘nalishining  asosiy  vazifalari,  Respublikamizda
                  tarqalgan  turli  tuproqlar,  ularning  tiplari,    о‘simliklarning  oziqlanishi,
                  Respublikamiz  tuproqlarining  agrokimyoviy  xossalari,  о‘g‘itlar,  ularning  turlari,
                  olinishi qо‘llanishishi asosiy qishloq xо‘jalik ekinlariga о‘g‘it qо‘llash tizimilarini
                  ishlab  chiqish  agrokimyoviy  tadqiqot  usullarini  va  agrokimyosining  ekologik
                  muammolarini  о‘rganishning  ahamiyati  bayon  etiladi.  Hozirgi  kunda  ushbu
                  yо‘nalish  bо‘yicha  olib  borilayotgan  islohatlarning  mazmun-mohiyatlari  bayon
                  etiladi.
                        4.  Asosiy  qism.  Vegetatsion,  lizimetrik,  dala  tajribalari  uslublari  bilan
                  tanishish va amaliy kо‘nikmalarni о‘rganish;
                        -  agrokimyo  bо‘yicha,  yangi  ilmiy  tadqiqot  ishlari  bilan,  ilmiy  innovatsion
                  texnologiyalar bilan tanishish, adabiy manbalardan foydalanish;
                        - qilingan ishlar asosida hisobot yozish kabi vazifalarni bajaradilar.
                                       5.2. Agrokimyoda ilmiy tadqiqot turini aniqlash
                        Agrokimyo fani qishloq xо‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda
                  о‘simlik,  tuproq  va  о‘g‘it  о‘rtasidagi  munosabatlarni  о‘rganadigan  fan.  U  о‘z
                  oldiga qо‘ygan maqsad va vazifalarni hal qilishda quyidagi muammolar ustida
                  isholib boradi:
                        >  о‘simliklarning mineral oziqlanishi mexanizmini о‘rganadi;
                        >  tuproqlar unumdorligining о‘zgarib borishini aniqlaydi;
                        >  dehqonchilikda oziq moddalar aylanishini о‘rganadi;
                        >  о‘g‘itlardan oqilona foydalanish yо‘llarini belgilaydi.
                        >  о‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalarning ekologiya, inson salomatligi,
                                                              145





