Page 142 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 142
     Boshqa tomondan qaraganda, D/m D =2, ya’ni farq о‘z xatoligidan ikki barobar
                  katta bо‘lgan sharoitda va kuzatishlar soni katta bо‘lganda xam, xaqqoniylik 100 ni
                  emas 97.7 % ni tashkil etadi. (16-Jadval).
                        Bu  sharoitda  biz  farqning  xaqqoniyligi  yetarlicha  katta  ekanligi  xaqida
                  gapiramiz, absolyut xaqqoniylik xaqida emas.
                        Ammo  xattoki,  D=1.5m D  bо‘lgan  sharoitda  xam,  ya’ni  farq  о‘zining
                  xatoligidan  bir  yarim  marta  oshiq  bо‘lganda,  30  dan  ortiq  kuzatishda  93.8%
                  extimol bilan aniqlanganda, uni yetarlicha xaqqoniy emas deyish mumkin emas.
                  Mazkur  xolatda  variantlar  orasidagi  farq  yetarlicha  yuqori  extimollik  bilan
                  aniqlangan deyiladi.
                        Xuddi  shuningdek,  ayrim  shartli  belgilar,  ozgina  kuzatish  miqdorida  xam
                  Styudent kriteriysi bо‘yicha 0.95 extimollikka ega. Erkinlik darajasi 20 dan ortgan
                  xolatda,  bizning  dala  tajribamiz  shu  oraliqqa  tо‘g‘ri  keladi,  extimollikning  0.95
                  darajasi tajribaning ikki karra xatoligiga tо‘g‘ri keladi.
                        Shu  bilan  birga  ayrim  tadqiqotchilar  variantlarning  arifmetik  о‘rtachalari
                  orasidagi  farqning  xaqqoniyligi  deb,  uch  martalik  xatolikni  qabul  qilishadi,  u
                  extimollikni  ancha  yuqori  darajasiga  tо‘g‘ri  keladi.  Erkinlik  darajasi  soni  misol
                  uchun  30  ga  teng  bо‘lib,  extimollikni  ancha  yuqori  darajasi  0.99  da,  t  kriteriy
                  miqdori 2.8 m D ga teng.
                        Shundan  kelib  chiqib,  hosillar  orasidagi  farq  katta  bо‘ladi,  birinchi  farq
                  xatoligini  2  barobarga  oshsa  (  NSR 0.95=  t 0.95  *m D=2*  m D)  va  ikkinchi  xolatda
                  deyarli 3 barobarga ( NSR 0.99= t 0.99 *m D=2,8* m D) oshadi. Bu moxiyatan Sokolov
                  bergan aniqlash bilan mos keladi, о‘rtachalar farqi xaqqoniyligi D/m D bо‘lganda.
                  Farqlash  shundan  iboratki,  Dospexov  bu  xaqqoniylikni  faqatgina  extimollik
                  darajasi 0.95 bо‘lgan Styudentning t kriteriysiga tо‘g‘ri keladi deydi.
                        Bizning misolda kriteriy yetarli ta’sir kо‘rsatmagani uchun, qayta ishlashning
                  bu  metodlari  bir  xil  natijani  berdi.  Tajriba  xatoligini  aniqlash  birinchi  darajali
                  vazifa  hisoblanadi,  chunki  u  ixtiyoriy  taqqoslanayotgan  variantlar  о‘rtacha
                  arifmetigi orasidagi farqning xaqqoniylik darajasini aniqlashga yordam beradi.
                                                              142





