Page 141 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 141
     16-jadval
                          Kuzatishlar soni 30 dan ortiq xolatda ikki о‘rtacha farqi xaqqoniyligi
                                            (barcha mavjud xolatga nisbatan % da)
                    D/mD         %          D/mD         %          D/mD         %         D/mD          %
                  0.2           57.9         0.8        78.8         1.4        91.3         2.0        97.7
                  0.3           61.8         0.9        81.3         1.5        93.8         2.1        98.2
                  0.4           65.5         1.0        84.1         1.6        94.5         2.2        98.6
                  0.5           69.2         1.1        86.4         1.7        95.5         2.4        99.2
                  0.6           72.6         1.2        89.0         1.8        96.4         2.6        99.5
                  0.7           75.8         1.3        80.3         1.9        97.1         3.0        99.9
                        Agarda  farq  о‘zining  xatosidan  ikki  barobar  katta  bо‘lsa,  (kuzatishlarning
                  xuddi  shu  sonida)  farqning  xaqqoniyligi  97.7%  yoki  100  tadan  97.7  xolatda
                  aniqlanadi. D/m D=3 bо‘lganda farqning xaqqoniyligi 99.9% gacha о‘sadi.
                        Bundan quyidagini xulosa qilish mumkin, о‘rtachalar farqi о‘z xatoligiga teng
                  yoki  qanaqadur  songa  katta  bо‘lsa,  shunga  mos  ravishda  farqning  xaqqoniyligi
                  (yetarli  kuzatishlar  sonida)  butkul  aniq  extimolga  teng  bо‘ladi.  Kuzatishlar  soni
                  20-30 dan kam bо‘lgan sharoitda t kriteriylik Styudent taqsimotini qо‘llash kerak. t
                  ning qiymati erkin xadlar darajasi va extimol darajasiga bog‘liq.(16-Jadval).
                        Oddiy  о‘tkaziladiga  dala  va  vegetatsion  tajribalarda  variantlar  soni  l=8-10,
                  takrorlanishlar soni n=4-6, erkin xadlar darajasi (l-1), (n-1) о‘rtacha (8*4)=32 teng,
                  bu о‘rtacha extimollik 0.95 bо‘lganda (Dospexov tomonidan qabul qilingan) 2 m D
                  ga tо‘g‘ri keladi.
                        Xuddi  shu  extimollik,  ammo  erkinlik  darajasi  soni,  bizning  misoldagi  9  ga
                  teng bо‘lganda,  t kriteriysi 2.3 m D ga teng keladi.
                        Shunday  qilib,  ma’lumotlarni  qayta  ishlashning  bu  metodida  t  kriteriysi
                  ob’yektiv  kо‘rsatkich  hisoblanadi,  chunki  bir  xil  extimol,  lekin  erkinlik  darajasi
                  turlicha bо‘lganda t ning butunlay aniq miqdori olinadi.
                                                              141





