Page 136 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 136
     emas.  Dospexov  B.A.  ning  aytishicha:  “Masalaga  jiddiylik  bilan  yondashganda,
                  kasrli  metod       bilan  dala  tajribalaridagi  ma’lumotlarni  qayta  ishlash
                  murakkabliklarga olib keladi”.
                        Biroq kasrli metod aloxida variantlarda, yaqqol tasodifiy va jiddiy siljishlar
                  mavjud  bо‘lib,  bu  siljishlar  chegaradan  chiqmayotganligini  tekshirish  kerak
                  bо‘lgan  xollarda,  qо‘llanilishi  mumkin.  Paralel  maydonlarda,  variantlarning
                  ma’lumotlarida  qо‘pol  xato  mavjud  xolatda,  interpolyatsiya  metodi  qо‘llaniladi.
                  Ikki uch paralel maydonlarda xatoliklarning mavjudligi, bu variantni о‘chirilishiga
                  olib  keladi.  Bitta  takrorlash  doirasida,  uch-tо‘rt  variantda,  mavjud  8-10  tadan,
                  yaqqol tasodifiy va jiddiy farqlanadigan natijalar olinganda, bu takrorlanish xam
                  butunlash о‘chiriladi. Biroq, yetarliga extiyotkorlik va ob’yektivlikni ishga solib,
                  bu misollarni kamdan kam xollarda kо‘llashni ta’minlan mumkin.
                        Umumlashtirish metodi nafaqat vegetatsion tajribalar,balki dala tajribalarida
                  olingan  ma’lumotlarni  xam  qayta  ishlash  imkonini  beradi,  agarda  oxirgisida
                  sistemali xamda jiddiy tasodifiy xatoliklar mavjud bо‘lmasa.
                        Farqlash metodining vazifasi, dala tajribalaridagi turli takrorlashlarda, tuproq
                  unumdorligining xar xilligi tufayli kelib chiqqan uzluksiz sistemali xatoni oldini
                  olish hisoblanadi. Bu varianlar bilan bog‘langan juft variantlarni taqqoslash amalga
                  oshiriladi.  Shuning  uchun  farqlash  metodi  bilan,  nazorat  qilinayotgan  (standart)
                  variantlarning  xususiy  joylashtirilishi  yoki  maydonlarning  oddiy  joylashtirilishi
                  natijasida, olingan ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadga muvofiq, ammo bunda
                  variantlar soni katta bо‘lmasligi kerak ( 2-4).
                        Tuproq  unumdorligi  о‘zgarishi  qonuniyati  aniqlanmaganida,  tasodifiy  va
                  uzlukli  xatoliklar  mavjud  bо‘lib,  notо‘g‘ri  ma’lumotlar  olinganida,  siljishlarni
                  tekkislash yoki dispersion analiz metodlari qо‘llaniladi. (dispersiya Fisher R. A.)
                  Bu metodlarga Sokolov A. V. (1967) quyidagicha taqqoslama baxo beradi. Ikkala
                  metod xam tasodifiy siljishlar kvadratlari summalarini bir xil aniqlaydi; faqatgina
                  siljishlarni tekislash metodida u bevosita aniqlansa, variatsiya analizida esa farqlar
                                                              136





