Page 131 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 131
     Bu soxaning birlamchi manbalari bilan tanishmoqchi bо‘lganlarga qо‘llanma
                  oxiridagi adabiyotlar rо‘yxatini tavsiya etamiz.
                        Dala va vegetatsion tajribalarda, ularni mukammal о‘tkazgan taqdirda xam,
                  paralel qatorlar va idishlarda bir xil hosil olib bо‘lmaydi. Bitta variant chegarasida
                  hosil  takror  tebranib  turadi.  Bu  tajriba  maydonining  hosildorligi,  tajribani  olib
                  borish  texnikasi,  о‘simlikning  individual  о‘zgaruvchanligi  va  ularni  mexanik
                  jabrlanishi kabi sabablar tufayli kelib chiqadi.
                        Paralel  maydonlar  va  idishlarning  katta  miqdori,  tajribada  barcha
                  operatsiyalarni     bajarish     bilan    bog‘liq     xatoliklarning     yо‘qligi,    tuproq
                  unumdorligining  ideal  tayyorlanishi  sharoitida,  idishlardagi  hosilning  о‘rtacha
                  arifmetigi xaqiqiy hosil miqdoriga teng bо‘ladi.
                        Mazkur sharoitda paralel maydonlar yoki idishlardagi hosil, shu variant hosili
                  uchun  xaqiqiy  miqdor  atrofida  tegishli  tartibda  joylashib,  ma’lumotlar
                  tarqalishining  normal  egri  chizig‘ini  va  variatsiya  qatorlari  egri  chizig‘ini  hosil
                  qiladi.
                        Maydonlarning  cheklangan  miqdorida,  bizning  tajribamizdagi  kabi
                  (kо‘pincha 4-6) har bir variant uchun, olingan hosilning о‘rtacha arifmetigi xaqiqiy
                  hosilning aniq kо‘rsatkichi hisoblanmaydi.
                        Ammo  aloxida  kо‘rsatkichlar  xaqiqiy  о‘rtachaning  atrofida  ma’lum  tarzda
                  joylashishini  hisobga  olib,empirik  о‘rtachani  xaqiqiy  о‘rtachadan  ma’lum
                  miqdorga siljishi extimolini aniqlash mumkin.
                        Normal  taqsimot  egri  chizig‘ida,  abssissalar  о‘qida  M  (  о‘rtacha  arifmetik)
                  nuqta  atrofida  aloxida  miqtorlarning  siljiganligi  kо‘rsatilgan.  Eng  kо‘p
                  kо‘rsatkichlar  odatda  о‘rtacha  arifmetik  miqdor  atrofida  joylashadi.  О‘rtacha
                  miqdordan uzoqlashib borgan sari kо‘rsatkichlar soni kamayib boradi.
                        Egri  chiziqning  qabariqdan  botiqqa  burilish  nuqtasi  asosiy  yoki  kvadratik
                  siljish miqdoriga tо‘g‘ri keladi va grekcha σ (sigma) bilan belgilanadi.
                                                              131





