Page 130 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 130
     kuchli elektromagnit maydondan о‘tayotgan ingichka ion dastasida fokuslanadi.
                  Ion  nuri  qabul  qilgichdagi  ingichka  teshik  orqali  kollektorga  tushib,  uning
                  zanjirida  elektr  tokini  hosil  qiladi.  Magnit  maydoni  kuchlanishining  miqdoriga
                  qarab, kollektorga tushayotgan ionlar  massasining zaryadga  nisbati  katta  yoki
                  kichik  bо‘lishi  tabiiy,  albatta.  Magnit  maydonining  kuchlanishini  о‘zgartirish
                  yо‘li bilan ionlar tо‘plamidan kerakli ionlarni ajratib olish mumkin.
                        Mass-spektrometrda  taxlil  qilishda  namunalarni  tayyorlash  alohida  о‘rin
                  tutadi. Chunki, moddalar yuqori vakuum sharoitida tahlil qilinishi sababli, juda
                  toza  va  turli  gaz  va  suv  bug‘laridan  xoli  bо‘lishi  lozim.  Buning  uchun
                  namunadagi barcha azotli birikmalar molekulyar azot kо‘rinishida ajratiladigan
                  maxsus  kiritish  tizimlaridan  о‘tkaziladi  va  suyuq  azot  bilan  tо‘ldirilgan
                  sovitgich-tozalash  tizimi  orqali  apparat  kamerasiga  kiritiladi.  Minus  170°  S
                  haroratda  suv  va  gaz  bug‘lari  muzlab,  tahlilga  xalaqit  bermaydigan  shaklga
                  о‘tadi.
                        Shuningdek,  hozirgi  kunda  Paxtachilik  seleksiyasi,  urug‘chiligi  va
                  yetishtirish  agrotexnologiyalari  ilmiy  tadqiqot  institutining  О‘g‘itlar  bо‘limida
                  ham  tuproq,  о‘simlik  va  о‘g‘itlarning  agrokimyoviy  tahlili  zamonaviy  asbob-
                  anjomlarda amalga oshirilmokda (2,3 va 4-rangli rasmlar).
                         4-Amaliy mashg‘ulot. Ilmiy tadqiqotlar ma’lumotlariga statistik ishlov
                      berish va tahlil qilish (misollar keltirish asosida matematik taxlil qilish)
                        Mazkur ishda qisqa va nisbatan о‘zlashtirish oson bо‘lgan shaklda, olingan
                  ma’lumotlarning  о‘zgaruvchanligi,  variatsiya  qatorlarining  asosiy  elementlari  va
                  dala  tajribalaridan  olingan  hosil  ma’lumotlarini  qayta  ishlash  usullarini
                  xarakteristikasi,  xamda  uni  qayta  ishlashning  turli  usullari  va  turli  о‘rtacha
                  miqdorlarning  aniqligi  xaqida  umumiy  tushuncha  beriladi.  Bu  ish  yoritayotgan
                  soxani tо‘liq qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi, ma’lumotlarni matematik qayta
                  ishlash  soxasini  endi  о‘zlashtirishni  boshlaganlarga  amaliy  qо‘llanma  bо‘lishi
                  mumkin.
                                                              130





