Page 125 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 125
yorug‘lik filtrida aniqlanadi. Kalibr egri chizig‘i biuretning namuna eritmalari
asosida tuziladi.
Fosforli о‘g‘itlar tarkibi va undagi fosforli birikmalarning eruvchanligi
bо‘yicha turli-tumandir. Shu sababdan fosforli о‘g‘itlardan fosfatlarni ajratib olish
uchun turli sо‘rimlardan (suvli, ammoniy limonatli, limon va mineral kislotali)
foydalaniladi.
Fosforit talqoni tarkibidan yalpi fosfor mikdorini aniqlashda xlorid va
nitrat kislotalarning 10% li aralashmasi (shoh arog‘i) ishlatiladi. Filtratning
muayyan miqdori molibdenli aralashma (nitrat kislota bilan nordonlashtirilgan
ammoniy ishtirokida) bilan chо‘ktiriladi. CHо‘kma qalin filtrdan о‘tkaziladi, suv
bilan yuviladi va keyin filtr chо‘kma bilan birgalikda kolbaga solinadi.
CHо‘kma ishqorning titr eritmasi bilan eritiladi va uning ortiqchasi sulfat
kislota eritmasi bilan titrlanadi. Odatda fosforit talqonining oliy navi 30% dan
ortiq, 1-navi 25%, 2- navi 22%, 3-navi 19% dan ziyod yalpi fosfor tutishi kerak.
Fosforit asosida olinadigan superfosfat о‘z tarkibida 14% dan ziyod
о‘zlashtiriladigan fosfor tutadi.
Sitratlar va suvda eriydigan fosfor о‘simliklar tomonidan yaxshi
о‘zlashtiriladi. Uning mikdori ishqoriy magnezial aralashma bilan chо‘ktirish,
mufelda kuydirish asosida aniqlanadi. R 5O 2 ning % larda ifodalangan mikdori
magniy pirofosfat (Mg 2R 2O 7) ning og‘irligi asosida hisoblanadi.
Shuningdek, superfosfatdagi о‘zlashtiriladigan fosfor miqdori
fotokolorimetrik usulda ham aniqlanishi mumkin. Bu usul ammoniy molibdat
ta’sirida kо‘k tusli fosforli-molibdenli kompleks hosil bо‘lishiga asoslangan.
Pretsipitat SaHRO 3N 2O — konsentrlangan fosforli о‘g‘it. Uning 1-navi
31%, ikkinchi navi 27%, R 2O 5 tutishi lozim. О‘g‘it tarkibidagi о‘zlashtiriladigan
fosfor miqdorini aniqlashda Peterman reaktivi qо‘shilgan sо‘rim tayyorlanadi va
tahlilning davomi tortma-magnezial usuldagi kabi davom ettiriladi.
Kaliyli о‘g‘itlar jumlasiga kaliy xlorid, kaliy sulfat, 30 va 40% li kaliy
tuzlari, kainit, yanchilgan silvinit, kaliy magnezit kabilar kiradi.
125