Page 122 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
        P. 122
     Barcha  ammoniyli  tuzlar  ishqor  bilan  ta’sirlashganda,  ammiak  ajralib
                  chiqadi.  Mochevina  bunday  xususiyatni  namoyon  etmasligi  bilan  ammoniyli
                  tuzlardan ajralib turadi.
                        Bariy  xlorid  bilan  reaksiyasiga  kо‘ra  о‘g‘it  tarkibida  sulfat  ioni
                  mavjudligini  aniqlash  mumkin.  Kumush  nitrat  esa  о‘g‘it  tarkibida  xlor  yoki
                  fosfat kislota anioni bor-yо‘qligini kо‘rsatadi.
                        Kaliyli о‘g‘itlar bir-biridan asosan tashqi kо‘rinishiga kо‘ra farqlanadi.
                        Tomasshlak. fosforit talqoni va kalsiy sianamid suvda erimaydigan о‘g‘itlar
                  ichida  о‘zining  ranggi  bilan  ajralib  turadi.  Tomasshlak  va  kalsiy  sianamidga
                  sirka kislota quyilsa, SO 2 ning ajralishi hisobiga «qaynaydi». Oq rangli, suvda
                  erimaidigan о‘g‘itlardan ohak ham xuddi shunday xossani namoyon qiladi.
                        Lakmus qog‘oz superfosfatning nordon, pretsipitatning mо‘tadil  muhitga
                  egaligini  kо‘rsatadi.  Suyak  talqoni  chо‘g‘langan  kо‘mir  ustiga  tashlansa,
                  о‘ziga xos hid chiqadi.
                        Kompleks       о‘g‘itlarni    aniqlashda      ham      yuqoridagi      reaksiyalardan
                  foydalaniladi.  Tarkibida  nitrat  tutgan  kompleks  о‘g‘itlar  kо‘mir  chо‘g‘ida
                  chaqnaydi, ishqor ta’sirida ammiak ajralib  chiqadi.  Kumush  nitrat  ta’sirida
                  eritmaning  sarg‘ayishi  yoki  chо‘kma  tushishi  о‘g‘it  tarkibida  fosfor  anioni
                  mavjudligidan dalolat beradi.
                        Sifat  reaksiyalari  о‘g‘itning  turi,  shakli  va  nomini  aniqlash  imkonini
                  beradi,  ular  tarkibidagi  oziq  moddalar  miqdorini  aniqlash  uchun  miqdoriy
                  tahlil usullari qо‘llaniladi.
                        Mineral  о‘g‘itlar  tarkibidagi  oziq  moddalar  miqdorini  aniqlash.  Kimyoviy
                  tahlil  uchun  о‘g‘it  namunalari  tо‘g‘ri  olinishi  lozim.  Odatda  qoplangan
                  о‘g‘itlarning  10%idan  kо‘p  (maxsus  moslama)  yordamida,  tо‘kma  usulda
                  saqlanayotgan  о‘g‘itning  5-11  joyidan  namunalar  olinadi.  Ular  yaxshilab
                  aralashtirilgach,  0,5-1,0  kg  atrofidagi  о‘g‘it  ikkita  quruq  idishga  bо‘lib
                  solinadi,  nomlanadi  va  og‘zi  qopqoq  bilan  zich  berkitilib,  bittasi  tahlil  uchun
                                                              122





