Page 117 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 117

K.P.Magnitskiy  oziq  moddalar  miqdorini  barg  yoki  uning  bandidan

                  siqib  olingan  shira  asosida  aniqlash  tarafdori  hisoblanadi.  Shiraga  turli

                  reaktivlar  qо‘shiladi  va  rangning  о‘zgarishi  asosida  u  yoki  bu  element

                  miqdori tо‘g‘risida xulosa chiqariladi. «Rangli dog‘»lar shkalasidan foydalanib,

                  bir paytning о‘zida о‘simliklarning 5 ta element-N, P, K, Mg va Cl ga extiyoji

                  aniqlanadi.  Shirani  dalaning  о‘zida  tahlil  qilish  uchun  K.P.Magnitskiy

                  tomonidan о‘z ichiga zarur reaktiv va moslamalarni olgan dala laboratoriyasi

                  yaratilgan.

                        V.V.Serling  usulida  tahlillar  о‘simlik  tana  qismlarining  (poya,  barg)

                  kо‘ndalang  kesimida  amalga  oshiriladi.  U  yaratgan  asbob  yordamida  о‘simlik

                  tarkibidagi nitratlar, fosfor va kaliy miqdori aniqlanadi.

                        Nigohiy tashxisda о‘simliklarning oziq elementlarga ehtiyoji kamchiliklar

                  ularning  tashqi  kо‘rinishlariga  qarab  baholanadi.  Buning  uchun  о‘simliklar

                  rivojlanishning  boshidan  oxirigacha  jiddiy  kuzatiladi  va  tashqi  kо‘rinishidagi

                  barcha о‘zgarishlar qayd etib boriladi. Ayrim oziq elementlar yetishmaganda,

                  о‘simlikning  tashqi  belgilarda  о‘ziga  xos  о‘zgarishlar  sodir  bо‘lishi  kо‘pgina

                  qishloq  xujalik  ekinlarida  kuzatilgan.  Masalan,  g‘о‘zada  kaliy  tanqisligining

                  simptomlari  (belgilari)  hozirgi  kunga  qadar  professor  Y.I.Madraimovchalik


                  hech  bir  mutaxassis  tomonidan  о‘rganilmagan.  Lekin  ba’zi  hollarda  bu
                  о‘zgarishlar shartli harakterda bо‘lib, bitta oziq elementining yetishmasligi turli


                  ekinlarda  turlicha  namoyon  bо‘lishi,  shuningdek,  muayyan  tashqi  belgining
                  о‘zgarishiga  bir  paytning  о‘zida  bir  nechta  omil  sabab  bо‘lishi  nigohiy


                  tashxis imkoniyatlarini bir qadar cheklaydi. (13-jadval)














                                                              117
   112   113   114   115   116   117   118   119   120   121   122