Page 114 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 114

  ekinlar tomonidan о‘zlashtirilgan oziq moddalar miqdorini aniqlash - yalpi

                  tahlil;

                          barg tashxisi;

                          tо‘qima tashxisi;


                          ildiz shirasi (pasoka) tarkibining tahlili;

                          о‘simlik tarkibining tezkor(ekspress) tahlili.

                        Bu  usullarning  mohiyati  agrokimyoga  oid  barcha  amaliy  va  laboratoriya

                  mashg‘ulotlariga oid о‘quv qо‘llanmalarda batafsil yoritilgan.

                        Yalpi  tahlil.  Yalpi  tahlil  odatda  о‘simliklar  tomonidan  hosil  birligini

                  yaratishda  sarflanadigan  oziq  moddalar  miqdorini  aniqlashda  qо‘llaniladi.

                  Biologik  chiqimni  hisoblashda  о‘simlikning  barcha  organik  massasi,  jumladan

                  hosilning  xо‘jalik  qismi  (don,  somon,  tugunaklar,  ildizmevalar,  makkajо‘xori

                  sо‘tasi,  kungaboqar  savatchasi,  pichan,  sabzavot  ekinlarining  xashak  uchun

                  jamg‘ariladigan  palagi  va  h.k.)  va  ekinning  ildiz  hamda  ang‘iz  qoldiqlari

                  tahlil qilinadi.

                        Barg tashxisi. Barg tashxisi о‘simliklarning о‘g‘itga bо‘lgan talabchanligini

                  barg  tarkibidagi  azot,  fosfor  va  kalyyning  yalpi  miqdori  bо‘yicha  aniqlashga

                  asoslangan.  Bu  maqsadda  shakllanib  bо‘lgan,  lekin  faoliyat  kо‘rsatayotgan

                  barglardan  namunalar  olinadi.  Tekshirishlarning  natijalariga  qaraganda,  bir

                  yillik  ekinlar  barglarining  gullash  va  pishishning  boshlanishidagi  tarkibi  va

                  hosil  о‘rtasida  kor-relyativ  bog‘liqlik  borligi  aniqlangan.  Chunki  bu  davrda

                  asosiy  о‘sish  jarayoni  yakunlangan  bо‘ladi.  О‘simliklar  oziqlanishi

                  tashxisining  asosida  о‘simliklar  oziqlanish  sharoitlarining  ular  kimyoviy

                  tarkibida  aks  etishi  yotadi.  Bargdagi  oziq  elementlarning  muayyan

                  konsentratsiyasi yuqori hosilni belgilaydi va bu «ma’qul tarkib» deb yuritiladi.

                  Ma’qul  tarkibning  eng  quyi  chegarasi  «tanglik  darajasi»  hisoblanadi  va  u

                  hosilning  kamayishiga  sabab  bо‘ladi.  Yuqori,  о‘rta  va  past  hosildorlikka  ega

                  о‘simliklarning      barg     tahlili    natijalarini     umumlashtirib,        о‘simliklar

                  oziqlanishining tahminiy darajasini belgilash mumkin.


                                                              114
   109   110   111   112   113   114   115   116   117   118   119