Page 109 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 109

Mikroelementlarning samaradorligini aniqlash uchun ularni dala tajribalarda

                  turli usullarda qо‘llash mumkin. Urug‘larni mikroelement eritmasida ivitish yoki

                  mikroelement  talqoniga  bulash,  tuproqqa  solish  yoki  о‘simlikka  eritma  shaklda

                  purkash  shunday  usullar  jumlasiga  kiradi.  Aytilganlar  ichida  urug‘larni

                  mikroelement  eritmasida  ivitish  hamda  о‘simliklarni  amal  davrining  turli

                  muddatlarida  qо‘shimcha  oziqlantirish  yaxshi  natija  beradi.  Mikroо‘g‘it  sifatida

                  ishlatiladigan sanoat chiqindilarini kuzgi shudgor ostiga solish tavsiya etiladi.

                        Tajribalarda bо‘r H 3BO 3 (17,5% B) shaklda, rux ZnSO 4 ·7H 2O (22,0% Zn),

                  mis  CuSO 4  ·5H 2O  (25,5%  Su),  marganets  MnSO 4  ·5H 2O  (22,8%  Mn),  kobalt

                  CoSO 4  ·7H 2O  (21,0%  Co)  va  molibden  (NH 4) 2MoO 4  (49,0%  Mo)  shakllarida

                  ishlatiladi.

                        Urug‘larni  mikroelement  eritmasida  ivitish  uchun  bо‘rning  0,02-0,05;

                  marganetsning  0,05;  ruxning  0,03-0,04;  molibdenning  0,01-0,05  va  kobaltning

                  0,01-0,10% li eritmalari ishlatiladi. Urug‘larni namlash muddati – 12 soat, urug‘ va

                  eritma о‘rtasidagi nisbat – 2:1.

                        Mikroelementlarni ekishgacha yoki qо‘shimcha oziqlantirish paytida tuproqqa

                  solish uchun quyidagi dozalar tavsiya etiladi: bо‘r – 1,0-1,5; rux – 2-4; mis – 1-3;

                  marganets – 4-10; molibden – 0,5-1,0 va kobalt – 0,3-0,5 kg/ga. Masalan, tajriba

                                              2
                  variantiga (yuzasi 200 m ) 1,0 kg/ga miqdorda bо‘r qо‘llash rejalashtirilgan bо‘lsa,
                  tuproqqa solinadigan mikroо‘g‘it miqdori quyidagicha hisoblab topiladi:


                        1. 17,5 kg bо‘r 100 kg H 3BO 3 tarkibida bо‘lsa,
                            1,0 kg bо‘r x kg H 3BO 3 tarkibida bо‘ladi, bundan:


                                      x=1·100/17,5 =5,7 kg H 3BO 3 .
                        2. 1 ga (10000 m ) maydonga 5,7 kg H 3BO 3 berilsa,
                                           2

                                 2
                            200 m  maydonga x kg H 3BO 3 beriladi, bundan:
                                      x=5,7·200/10000 =0,114 kg H 3BO 3 .


                        Mikroelementlarni  qо‘llash  bо‘yicha  о‘tkaziladigan  dala  tajribalarda  barcha

                  agrotexnik  tadbirlar  va  kuzatish  ishlari  О‘zbekiston  paxtachilik  ilmiy-tadqiqot

                  instituti uslubiyoti asosida о‘tkaziladi.
                                                              109
   104   105   106   107   108   109   110   111   112   113   114