Page 107 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 107
1)NK (fon); 2) fon+R 60 (sochma); 3) fon+R 20 (sochma); 4) fon+R 20 (qator
orasiga).
3.12. Mikroelement bilan amalga oshiriladigan dala tajribalari
Ma’lumki, qishloq xо‘jalik ekinlari hosildorligida V, Zn, Su, Mn, Co Mo kabi
mikroelementlarning ahamiyati katta. Bu elementlar turli tuproqlarda turli
miqdorda uchrab, ularning qо‘llanilishi ayrim tuproqlarda yuqori samara bersa,
ayrim tuproqlarda samaradorligi sezilmasligi mumkin. Mikroelementlarning
samaradorligi kо‘p jihatdan harakatchan shakllarining tuproqdagi miqdoriga
bog‘liqdir. О‘g‘it qо‘llash oldidan ayni shakldagi mikroelementlar miqdorini
aniqlash muhim masala hisoblanadi.
Biz bu bо‘limda mikroelementlar bilan о‘tkaziladigan dala tajribalarning
о‘ziga xos tomonlariga tо‘xtalib о‘tishni lozim deb topdik. Mikroelementlar bilan
tajribalarni о‘tkazish uslubiyoti Paxtachilik seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish
agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti (sobiq Soyuz NIXI)ning о‘simliklar
fiziologiyasi va biokimyosi laboratoriyasida ishlab chiqilgan.
Tadqiqotlar maqsadidan kelib chiqqan holda tajriba tizimi turli tuman bо‘lishi
mumkin.
О‘simliklarning ma’lum bir tuproq tipida qaysi mikroelementlarga
talabchanligini aniqlash muhim masala hisoblanadi. Bu muammoni hal qilish
uchun quyidagi tizimda dala tajribasi qо‘yiladi:
1) NPK (fon)-nazorat; 2) fon+V; 3) fon+Zn; 4) fon + Su; 5) fon+Mn; 6)
fon+Mo; 7) fon+So.
Makroelementlarda bо‘lgani kabi mikroelementlarda ham ionlar antagonizmi
va ionlar sinergizmi kuzatiladi. Shu masalaga oydinlik kiritish uchun dala
tajribasining quyidagi tizimi tavsiya etiladi:
1) NPK (fon)-nazorat; 2) fon+V; 3) fon+Zn; 4) fon+Su; 5) fon+Mn; 6)
fon+Mo; 7) fon+So; 8) fon+V +Zn; 9) fon+Zn+Su ; 10) fon+Zn+Mo; 11)
fon+Zn+Su+Mn; 12) fon+V+Si+So va h.k.
107