Page 102 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 102
Sug‘oriladigan sharoitlarda о‘tkaziladigan dala tajribalarda maydonning
nishabligini hisobga olish juda ham muhimdir: nishablik 0,01 - 0,02 dan
oshmasligi, ya’ni har 100 m 1 - 2 m atrofida bо‘lishi kerak.
Bir takrorlikdan chiqayotgan oqava suvni keyingi takrorlikka kirishga yо‘l
qо‘ymaslik sug‘oriladigan sharoitlarda о‘tkaziladigan tajribalarning bо‘laklari iloji
boricha bir qator qilib joylashtiriladi.
Bunday tajribalarning yana bir о‘ziga xos tomoni maydonning qо‘yi
qismidagi himoya yо‘lakchalarini nisbatan kengroq (4-6m) bо‘lishidadir.
Sug‘oriladigan sharoitdagi tajribalarda egatlarning uzunligi joyning nishabligi
va tuproqlarning suv utkazuvchanligiga bog‘liq holda tanlanadi. Egatlar uzunligi
150 m dan oshib ketmasligi kerak, aks holda tuproq bir tekisda namlanmaydi,
ayrim joylarni suv bosiishi mumkin.
Olinadigan jо‘yaklarning chuqurligi ham о‘simlik turi va tuproq
xususiyatlariga bog‘liq bо‘ladi. Suv о‘tkazuvchanligi yomon tuproqlarda jо‘yaklar
chuqurroq, suv о‘tkazish xususiyati yaxshi bо‘lgan tuproqlarda esa, sayozroq (15
sm gacha) olinadi.
Sug‘orish muddatlari va me’yorlari ham tadqiqotlarning dasturi asosida
belgilanib, bevosita ekin turiga bog‘liqdir.
Mineral о‘g‘it turlari, shakllari va me’yorlarini о‘rganish bо‘yicha
о‘tkaziladigan dala tajribalarining tizimlari
О‘g‘it turlari bо‘yicha. Azotli, fosforli va kaliyli о‘g‘itlar ustida
о‘tkaziladigan tadqiqotlarda 1) 0; 2) N; 3) P; 4) K kо‘rinishdagi tajriba tizimi
kamlik qiladi, albatta. Chunki tuproqda bir paytning о‘zida bir nechta oziq
elementi tanqis bо‘lishi mumkin.
Uch turdagi mineral о‘g‘itlarning ta’sirini о‘rganishda fransuz olimi Jorj Vill
tomonidan taklif etilgan «sakkizlik tizimi»dan foydalanish qо‘l keladi:
1) 0; 2) N; 3) P; 4) NP; 5) NP; 6) NK; 7) PK; 8) NPK.
Bu tizimni boshqa omillar bilan uyg‘unlashtirib qо‘llash ham mumkin:
1. Oddiy haydash – о‘g‘itsiz – sug‘orishsiz.
102