Page 101 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 101

ketadi.  Bunday  о‘simliklarni  hisobga  olinadigan  о‘simliklar  jumlasiga  qо‘shib

                  bо‘lmaydi.

                        G‘о‘zaning  shonalashi  va  gullashini  hisobga  olish.  Bu  tadbirni  ikki  xil

                  tushunish  mumkin.  Agar  shonalash  yoki  gullash  davlarini  boshlanishini  aniqlab

                  talab  qilinsa,  kuzatilayotgan  о‘simliklarning  25-30%  i  shu  davrga  «qadam

                  qо‘ygan» sana (kun) aniqlab, yozib qо‘yiladi.

                        Shakllangan  va  saqlanib  qolingan  hosil  elementlarini  hisoblab  olish  juda

                  muhim  tadbirlardan  hisoblanadi.  Bunda:  a)  barcha  tо‘laqonli  kо‘saklar,  b)

                  tugunchalar,  v)  gullar,  g)  shonalar  sanab  chiqiladi.  Tо‘kilgan  hosil  elementlar

                  maxsus  xalatchalarga  terib  solinadi  va  hosil  organlaridagi  tо‘kilib ketgan  shona,

                  tuguncha va kо‘sak о‘rinlari hisobga olinadi.

                        Kо‘chat  qalinligini  hisobga  olish.  Kо‘chat  qalinligini  hisobga  olish.    Amal

                  davrida kо‘chat qalinligi 2 marta barcha variant va takrorliklarda alohida amalga

                  oshiriladi.  Birinchi  aniqlash  yaganalashdan  keyin,  ikkinchisi  esa,  vegetatsiya

                  davrining  oxirida,  sо‘nggi  terim  oldidan  bajariladi.  Yaganalash  paytida  barcha

                  variantlardagi kо‘chatlar sonini bir xil qilib olishga erishish kerak.



                   3.11. Sug‘oriladigan sharoitda о‘tkaziladigan dala tajribalarining о‘ziga xos


                                                         xususiyatlari
                        Sug‘oriladigan  sharoitda  о‘tkaziladigan  dala  tajribalari  о‘zining  bir  muncha


                  murakkabligi  bilan  boshqa  turdagi  dala  tajribalardan  ajralib  turadi.  Ayniqsa,
                  agrokimyoga  oid  dala  tajribalarni  sug‘oriladigan  sharoitda  о‘tkazish  ancha


                  murakkabdir.  Chunki  bunday  tajribalarda  yul  qо‘yilgan  arzimaydigan  xato
                  oqibatida bitta belgi bilan farqlanish prinsipi buzilishi mumkin.


                        Bu  kо‘rinishdagi  dala  tajribalarni  о‘tkazishda  butun  tajriba  maydonini  bir

                  tekisda     namlanishiga       erishishga     alohida      e’tibor    qaratiladi.    Tajriba

                  maydonchasidagi kichik notekisliklar ham sug‘orish talabining buzilishiga, va о‘z

                  navbatida hosilning turlicha bо‘lishiga sabab bо‘ladi.





                                                              101
   96   97   98   99   100   101   102   103   104   105   106