Page 103 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 103
2. Oddiy haydash + о‘g‘it.
3. Oddiy haydash + sug‘orish.
4. Oddiy haydash + о‘g‘it + sug‘orish.
5. Chuqur haydash – о‘g‘itsiz – sug‘orishsiz.
6. Chuqur haydash + о‘g‘it.
7. Chuqur haydash + sug‘orish.
8. Chuqur haydash + о‘g‘it + sug‘orish.
«Sakkizlik tizim»ning ustunligi barcha turdagi о‘g‘itlarni uyg‘unlashtirish va
taqqoslashda namoyon bо‘ladi.
Lekin bu tizim ancha salobatli bо‘lib, uni amalga oshirish kо‘p hollarda kо‘p
kuch talab qiladi. Shunday hollar bо‘ladiki, ayrim mintaqalarda u yoki bu turdagi
mineral о‘g‘it (masalan, fosforli) ahamiyatini о‘rganish talab etiladi.
U holda tajriba tizimini soddalashtirib, quyidagi kо‘rinishga keltirish
mumkin:
1) 0; 2) R; 3) NK; 4) NPK.
Tadqiqot natijalari aniqligini oshirish maqsadida fosfor me’yori bо‘yicha yana
bir yoki bir nechta qо‘shimcha variant kiritish mumkin:
1. 0; 2) R; 3) NK; 4) NKR; 5) NKP 2 ; 6) NKP 3…
Agar tajriba о‘tkaziladigan tuproqda azot eng tanqis, fosfor undan keyingi
element hisoblansa, tajriba tizimida fosfor va kaliyni azotsiz, kaliyni esa azot va
fosforsiz, fonda о‘rganishga xojat qolmaydi:
1) 0; 2)N ; 3)NP; 4) NPK.
Kaliy bilan yuqori darajada ta’minlangan tuproqlarda «sakkizlik tizim»ga
quyidagicha kо‘rinish berish mumkin:
1)0; 2)N ; 3)P; 4) NP, 5) NPK.
Har uchta oziq elementiga ham talabchan ekinlar (masalan, sug‘oriladigan
sharoitlarda g‘о‘za yetishtirish) ustida о‘tkaziladigan dala tajribalarda
sakkizlikning qisqartirilgan «beshlik» tizimi bо‘yicha ish kо‘riladi:
1)0; 2)NR ; 3)NK; 4) PK; 5) NPK.
Tajribaning bu tizimi Vagner tizimi deb ham yuritiladi.
103