Page 100 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 100

Hisobga olinadigan о‘simliklar pala-partish, tо‘g‘ri kelgan joydan emas, balki

                  bо‘lma va variantlarning tegishli joylaridan olinadi. Masalan, dala tajribasida ekish

                  sxemasi 60x30x2 kо‘rinishda bо‘lib, bо‘lmadagi hisobga olinadigan qatorlar soni

                  8ta bо‘lsin. Kuzatishi uchun 100 dona о‘simlik olish talab qilinsin.

                        Buning  uchun  hisobga  olinadigan  qatorlarning  har  biridan  12  tadan  (4ta

                  qatordan  3  tadan)  о‘simlik  tanlanadi  va  ularga  yorliqlar  osib  chiqiladi.  Tanlab

                  olinadigan  о‘simliklar  bо‘lmadagi  о‘rtacha  kattalikdagi  (katta  ham  mayda  ham

                  emas) о‘simliklardan bо‘lishi shart.

                        Yorliqlarga  о‘simlikning  tartib  raqami,  navning  nomi,  variant  va

                  takrorliklarning raqami yozib qо‘yiladi.

                        Urug‘ning unib chiqishini hisobga olish. Bu tadbir barcha dala, lizimetr va

                  vegetatsiya  tajribalarida  albatta  amalga  oshiriladi.  Unib  chiqishni  hisobga  olish

                  odatda  uchta  muddatda  amalga  oshiriladi:  unib  chiqishning  boshlanishida,

                  о‘rtasida va tо‘la unib chiqib bо‘lgandan keyin.

                        Lekin  ayrim  maxsus  tadqiqotlarda  unib  chiqish  ustida  bajariladigan

                  kuzatishlar kо‘proq bо‘lishi ham mumkin.

                        Kuzatish natijalari uyalar soniga nisbatan % larda ifodalanadi.

                        Ayrim  hollarda  sо‘nggi  kuzatish  yaganalash  tadbiri  oldidan  о‘tkaziladi.


                  Bunda uyalardagi о‘simliklarning soni ham hisobga olinadi va variantlardagi dala
                  sharoitidagi unib chiqish ifodalanadi. Bu kuzatish asosida har bir variantda bir xil


                  kо‘chat qalinligiga erishiladi.
                        Yer  betiga  chiqqan,  urug‘  pallalarini  tashlagan  va  tashlamagan  barcha


                  niholchalar unib chiqqan hisoblanadi.
                        Bosh (asosiy) poya bо‘yini hisobga olish. Bu ish о‘simliklarning rivojlanish


                  davrlari bо‘yicha, yoki har oyning ma’lum kunlarida, odatda oyning 1-2 kunlarida,

                  amalga  oshiriladi.  О‘lchashda  yer  yuzasidan  о‘simlikning  о‘sish  nuqtasigacha

                  bо‘lgan  masofa  hisobga  olinadi.  Ayrim  xollarda,  hasharotlar  о‘simlikni  о‘sish

                  nuqtasini  nobud  qilganda,  ma’lum  nuqtadan  boshlab  asosiy  poya  tarmoqlanib





                                                              100
   95   96   97   98   99   100   101   102   103   104   105