Page 97 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 97
14-rasm. Dala tajribasini joylashtirish chizgisi.
Tajriba dalasi bо‘lib chiqilgandan keyin, uning asosiy chegaralari temir
qoziqlar yordamida mustahkamlab chiqiladi. Tо‘rtta asosiy nuqta (A, V, S, D)
keyingi yillarda «yо‘qolib qolmasligi» uchun ularga tegishli bо‘lgan A 1, V 1, S 1, va
D 1 nuqtalarga baquvvat qoziqlar qoqiladi, oralaridagi masofalar tajriba jurnaliga
yozib qо‘yiladi.
3.10. Tajriba maydonchasidagi dala ishlari
Dala tajribasidagi barcha tadbirlar о‘z vaqtida, qisqa muddatda amalga
oshirilmog‘i kerak. Rejalashtirilgan tadbirning bir kun ichida tugallanishi,
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agar buning iloji bо‘lmasa, bitta takrorlikning
barcha variantlarda birinchi kuni, qolgan variantlarda esa ikkinchi kuni amalga
oshiriladi.
Dala ishlarini yuqori saviyada amalga oshirish dala tajribalaridan olinadigan
natijalarni haqqoniy bо‘lishining garovidir.
Bajariladigan dala ishlarining ichida о‘g‘itlashga alohida e’tibor beriladi,
chunki о‘g‘itlash paytida yо‘l qо‘yiladigan xato dala tajribasining barbod
bо‘lishiga sabab bо‘ladi.
97