Page 94 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 94
Tadqiqotlar natijalarining kо‘rsatishicha, chо‘zinchoq shakldagi tajriba
bо‘lakchalari tuproq unumdorligidagi olachalpoqlikni tо‘la qamrab oladi, qaysiki,
tajriba natijalari haqqoniyligini oshiradi.
12-rasm. Dala tajribasida bо‘lakchalarning tо‘g‘ri (1) va notо‘g‘ri
(2 va 3) joylashishi
(tuproq unumdorligi nuqtalarning quyuqlashishiga moye ravishda ortib boradi).
Statsionar dala tajribalarining aksariyatida bо‘lakchalarning yuzasi 20-200
2
m , tomonlar nisbati 5-10 ga teng bо‘ladi, yuzasi undan katta bо‘lgan
bо‘lakchalarda tomonlar nisbati 10-20 ni tashkil etishi kerak.
Sug‘oriladigan sharoitlarda qator oralari ishlanadigan ekinlar ustida amalga
oshiriladigan dala tajribalarda bо‘lakchalarning eni ishlov berish texnikasining
qamrov kengligiga (2,4; 4,8 yoki 7,2 m) karrali qilib olinadi.
2
Variantlar soni kam(8 tagacha), yuzasi kichik (100 m ) bо‘lgan tajribalarda
bо‘lakchalar shaklining tо‘g‘ri tо‘rt burchak shaklda bо‘lishi tadqiqotlar
aniqligining yuqori bо‘lishiga imkon yaratadi.
Himoya yulakchalari. Yuqorida ta’kidlab о‘tilganidek, tajriba variantlari faqat
о‘rganiladigan bitta belgisi bilan farqlanadi. Lekin variantlar о‘rtasida himoya
yо‘lakchalari qoldirilmasa, ma’lum muddatdan keyin variantlarga qо‘llanilayotgan
о‘g‘itlarning bir variantdan ikkinchi variantga” о‘tib qolishi” kuzatiladi. Shu
sababdan ham tajriba variantlari о‘rtasida kamida bir metrli himoya yо‘lakchalari
qoldiriladi.
94