Page 95 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 95
Shuningdek, tajriba maydonchasining boshlang‘ich va quyi qislmaridan ham
himoya yо‘lakchalari qoldiriladi. Bularning eni odatda 4-5 m atrofida bо‘lib,
birinchidan, ekinlar qator oralarini ishlash va oziqlashtirishda texnikaning bо‘rilib
olish joyi hisoblansa, ikkinchidan, tajribadagi ekinlarni chigirtkalar, qushlar va
chorva mollari tomonidan payhon qilinishidan saqlaydi.
Hisobga olinadigan qatorlar va о‘simliklar. Tabiiyki, yirik bо‘lmali dala
tajribalarida mavjud bо‘lgan barcha о‘simliklar ustida kuzatishlarni olib borib
bо‘lmaydi va bunga hojat ham yо‘q.
Faraz qiling, tajriba variantida 12 ta qator mavjud. Odatda shu 12 qatordan
о‘rtadagi 8 ta qator hisobga olinadigan va chetdagi 4 tasi (2 ta о‘ng va 2 ta chap
tarafda) hisobga olinmaydigan qator hisoblanadi. Chunki chetdagi qatorlar bir
muncha qulay sharoitlarda (suv, oziq, yorug‘lik) bо‘lganliklari sababli
о‘rtadagilarga qaraganda yaxshi rivojlanadi, shu sababdan ularning
kо‘rsatkichlaridan foydalanib bо‘lmaydi.
Rasm 13. Dala tajribasida variant, hisobga olinadigan qatorlar va himoya
yо‘lakchalarining joylashishi
Dala tajribalarida hisobga olinadigan qatorlar ichidan hisobga olinadigan
о‘simliklar tanlanadi va ularga etiketkalar osib chiqiladi. Donli va dukkakli - don
ekinlari, shuningdek о‘tsimon о‘simliklar bilan ish olib borilganda, ma’lum yuzaga
95