Page 96 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 96

ega bо‘lgan  maydonchadagi о‘simliklar  ajratib  olinadi  va ular  ustida kuzatishlar

                  olib boriladi.

                        13-rasmda  g‘о‘za  navlari  ustida  yetti  variantli  tо‘rtta  takrorlikda     amalga

                  oshiriladigan  dala  tajribasi  tasvirlangan,  bо‘lib,  himoya  yо‘lakchalari,  hisobga

                  olinadigan va olinmaydigan qatorlar aks ettirilgan.


                                  3.9. Dala tajribalarini joylashtirish va о‘tkazish texnikasi

                        Dala  tajribasi  uning  oldiga  qо‘yilgan  barcha  talablarga  amal  qilingan

                  taqdirdagina  tо‘g‘ri  natijalarni  beradi.  Tajribaning  istalgan  bir  bosqichida  yо‘l

                  qо‘yilgan  kichkinagina  texnikaviy  xarakterdagi  xato  (tajriba  maydonchasini

                  bо‘lish, tuproqni ishlash, о‘g‘itlash, ekish, parvarishlash, hosilni yig‘ishtirib olish)

                  tajribaning aniqligiga, hatto tajribaning о‘ziga katta zarar yetkazishi mumkin. Kо‘p

                  hollarda bunday xatoliklar hech qanaqa riyoziyot usuli bilan ham tо‘g‘rilanmaydi

                  va tajribaning qadrsizlanishiga olib keladi.

                        Tajriba dalasini bо‘lish. Tajriba dalasini bо‘lish uchun tadqiqotchining qо‘l

                  ostida  bir  qator  asbob-anjomlar  bо‘lishi  kerak:  teodolit  yoki  ekker,  pо‘latdan

                  yasalgan  о‘lchov  tasmasi  yoki  ruletka,  mustahkam  kanop  yoki  sun’iy  toladan

                  tayyorlangan  ip,  4  ta  mustahkam  1,5  m  li  temir  qoziqlar  (tajriba  maydonining

                  tо‘rtta  chekka  nuqtalarini  mustahkamlash  uchun)  va  kо‘p  miqdorda  yog‘och

                  qoziqlar.

                        Tajriba  maydonchasining  tо‘rt  tomonidan  albatta  himoya  yо‘lakchalari

                  qoldiriladi (ularning eni 4-5 m dan kam bо‘lmasligi kerak).

                        Tajriba dalasini bо‘lish tizimi 14-rasmda о‘z ifodasini topgan bо‘lib, birinchi

                  navbatda kanop ip yordamida A 1 V 1 yо‘nalish topi ladi. Keyin A 1 nuqtadan 5 -10 m


                  ichkariroqdan  A  nuqta  uchun  qoziq  qoqiladi  va  shu  nuqtadan  boshlab  A 1           V 1
                  yо‘nalishidan  V  nuqtaning  joyi  aniqlab  olinadi.  Keyingi  qilinadigan  ish  teodolit

                  yoki ekker yordamida AD va VS yо‘nalishlarni aniqlash va S hamda D nuqtalar

                  о‘rnini belgilash hisoblanadi.

                        Tajribaning  umumiy  konturi  tayyor  bо‘lgach  undagi  variantlarning

                  maydonlari aniqlanadi. Bu ish ip va о‘lchov tasmalar yordamida bajariladi.

                                                               96
   91   92   93   94   95   96   97   98   99   100   101