Page 99 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 99
Nihollarni parvarishlash. Dala tajribasidagi nihollar parvarishi ham xuddi
ishlab chiqarish sharoitidagi kabi yо‘lga qо‘yiladi. Barcha rejalashtirilgan tadbirlar
о‘z muddatida, sifatli va bir xilda bajariladi.
Chopiq, qator oralariga ishlov berish, oziqlantirish tajribaning barcha
bо‘laklarida bir xilda о‘tkazilishi lozim.
Nihollar parvarishida ayniqsa ularning begona о‘tlar bilan ifloslanishiga
alohida e’tibor beriladi. Chunki, begona о‘t bosgan va bosmagan variantlardagi
nihollar о‘sish, rivojlanish va hosildorligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi.
Dala tajribalarida kuzatish va hisob ishlari. Dala tajribasida amalga
oshiriladigan kuzatish va hisob ishlari avvaldan tuzilgan reja asosida bajariladi va
ular qо‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlarni ekinlarning me’yorida о‘sib-
rivojlanishiga qay darajada mutanosibligini belgilaydi.
Dala tajribalarida: kuzatish ishlarini uch turga bо‘lish mumkin:
fenologik;
entomologik;
fitopatologik.
Fenologik kuzatishlar ekinlarni ma’lum bir muddatda (har 10,15,30 kunda)
yoki rivojlanish davrlaridagi о‘zgarishlarini tavsiflash maqsadida amalga
oshiriladi. Fenologik kuzatishlar uchun qancha kо‘p о‘simliklar olinsa, shuncha
yaxshi, lekin kо‘p hollarda, (masalan, ishchi kuchi yetishmaganda, tajriba maydoni
juda katta bо‘lganda) ma’lum sondagi о‘simliklarni ajratib olish bilan
chegaralanadi.
Tajribaning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda kuzatish va hisob
ishlari uchun tajribaning har bitta bо‘lmasidan 25-100 ta о‘simlik ajratib olinadi.
Odatda bu о‘simliklar hisobga olinadigan о‘simliklar deb yuritiladi va ularga
avvaldan tayyorlab qо‘yilgan yorliq (e t i k ye t k a)lar osib chiqiladi. Yorliqlarning
kattaligi gugurt qutisidek bо‘lib, karton qog‘ozdan yasaladi. Ularga ip о‘tkaziladi
va о‘simliklarning о‘sish shoxiga osiladi. Agar etiketka о‘simlikning shoxiga
emas, bargiga ilinsa, ma’lum muddatdan keyin tushib ketadi va yо‘qoladi.
99