Page 104 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 104

Mitcherlix  tomonidan  tavsiya  etilgan  1)NR;  2)NK;  3)  PK;  4)  NPK-

                  kо‘rinishdagi  tizimda  о‘g‘itsiz  variant  tushirib  qoldirilgan,  qaysiki  tajribada

                  о‘g‘itlarning ijobiy yoki salbiy natija berishini kо‘rsatib bera olmaydi.

                        О‘g‘it  shakllari  bо‘yicha.  Dala  tajribalarida  о‘g‘it  shaklini  tо‘g‘ri  tanlash

                  muhim  ahamiyatga  ega.  Ma’lumki,  azotli  о‘g‘itlarning  о‘zi  turli  shakllarda

                  (NH 4NO 3, (NH 4) 2SO 4, NaNo 3, Ca(NO 3), CO(NH 2) 2 va h.k.) ishlab chiqariladi. Bu

                  о‘g‘itlarning  ayrimlari  fiziologik  jihatdan  esa  nordon,  ayrimlari  ishqoriy  bо‘lib,

                  tuproq  xususiyatlari  va  о‘simliklarning  oziqlanishiga  turlicha  ta’sir  kо‘rsatadi.

                  Odatda  о‘g‘it  turlari  ustidagi  dala  tajribalardan  keyin  о‘g‘it  shakllari  ustidagi

                  tajribalar о‘tkaziladi.

                        О‘g‘it shakllari ustida о‘tkaziladigan tajribalarda avvalam bor nazorat varianti

                  vazifasini bajaradigan fon tо‘g‘ri tanlanishi lozim. Dala tajribalarining unumdorlik

                  jihatdan  bir     jinsli  bо‘lgan  moydonda  о‘tkazilishiga  va  о‘g‘itni  bir  tekis

                  taqsimlanishiga katta e’tibor beriladi.

                        О‘g‘it shakllari bо‘yicha о‘tkaziladigan dala tajribalari        tizimlariga quyidagi

                  misollarni keltirish mumkin:

                        I. Kaliyli о‘g‘it shakllari о‘rganiladigan tajriba:

                        1)  NP(fon);  2) NP+KCl; 3) NP+40%li kaliy tuzi; 4) NP+K 2SO 4.


                        P.  Azotli  о‘g‘it  shakllari           о‘rganiladigan  tajribalarda  о‘g‘itning
                  kо‘rsatadigan  fiziologik  ta’sirini  о‘rganish  uchun  о‘g‘itsiz  nazorat  varianti  ham


                  kiritilishi lozim:
                        1). 0; 2)RK (fon); 3)RK + ammiakli selitra; 4) RK + mochevina; 5) RK +


                        ammoniy sulfat.
                        III.  Kompleks  о‘g‘itlar  bilan  dala  ajribalari  quyidagi  tizimda  о‘tkazilishi


                  mumkin:

                        3.1. 1) о‘g‘itsiz yoki fon; 2) kompleks о‘g‘it; 3) ekvivalent miqdordagi odiy

                  о‘g‘itlar aralashmasi.

                        3.2. 1) о‘g‘itsiz yoki fon; 2) kompleks о‘g‘it; 3) ekvivalent miqdordagi odiy

                  о‘g‘itlar aralashmasi; 4) kompleks о‘g‘it +oddiy о‘g‘itlar.


                                                              104
   99   100   101   102   103   104   105   106   107   108   109