Page 108 - Safarova N., Safarov B. elektron darslik
P. 108
Agar tajribalarda mikroelementlar bilan boyitilgan makroо‘g‘itlar masalan,
ammofos yoki superfosfat о‘rganilayotgan bо‘lsa, tajriba tizimiga ikkinchi nazorat
varianti sifatida albatta tarkibida mikroelement tutmagan ammofos yoki
superfosfat kiritiladi va u holda tajriba tizimi quyidagicha kо‘rinish oladi:
1) NPK (fon)-nazorat;
.
2) fon+Zn (ZnSO 4 7H 2O holatda);
3) fon+Zn (ammofos yoki superfosfat tarkibida);
.
4) fon+Su (SuSO 4 5H 2O holatda);
5) fon+Su (ammofos yoki superfosfat tarkibida) va h.k.
Xozirgi kunda texnik tuzlar bilan bir qatorda tarkibida u yoki bu
mikroelementni tutgan ruda va noruda kо‘rinishidagi sanoat chiqindilardan
foydalanish ham muayyan ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababdan mazkur
chiqindilar о‘z hududlariga yaqin maydonlarda sinab kо‘rilishi va ulardan
foydalanishning maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi aniqlanishi lozim.
О‘zbekistonning karbonatli tuproqlarida tuproqqa solinadigan
mikroelementlar tezda qiyin eriydigan shaklga о‘tadi va ularning samaradorligi
keskin kamayadi. Mikroelementlarni kompleks organik birikmalar-xelatlar
shaklida qо‘llash muayyan qiziqish uyg‘otadi. Shu asosda о‘tkaziladigan
tajribalarda ham asosiy nazorat variantidan tashqari о‘rganilayotgan
mikroelementning texnik tuzi solinadigan qо‘shimcha nazorat variant ham
kiritiladi.
Mikroelementlarning samaradorligi о‘rganiladigan dala tajribalar kamida tо‘rt
takrorlikda о‘tkazilib, bо‘lmalarning yuzasi 200-250 m ni tashkil etishi lozim.
2
2
Bо‘lma yuzasi 100-150 m bо‘lgan tajribalarda takrorliklar soni 6-8 taga
yetkaziladi.
Mikroо‘g‘itlarning yangi turlari о‘rganiladigan dala tajribalarda bо‘lmalar
2
yuzasining 50-100 m , takrorliklar sonining esa 8 ta bо‘lishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
108